Yer şarida zilzila böladigan 3ta seysmik kamar bor. 80 foiz zilzilalar Tinç okeani seysmik kamarida böladi, ikkinçisi Örta Yer dengizi – Osiyo seysmik kamari bölib, bu yerda 10-15 foiz yer silkinişlari böladi.

Markaziy Osiyo, jumladan Özbekiston ham ikkinçi seysmik kamarning içida joylaşgan bölib, nazariy jihatdan Özbekiston hududida ham 8-9 balli zilzilalar bölişi mumkin.

Zilzilaga moyil hududlar

Özbekistonda böladigan zilzilalarni Özbekiston Fanlar Akademiyasi qoşidagi Seysmologiya instituti örganib, ilmiy-tadqiqot işlari olib boradi. “Toşkent” markaziy seysmik stansiyasi Özbekiston böylab yuz bergan silkinişlar haqidagi ma’lumotlarni yiğadi.

Seysmologiya instituti olimlari Özbekistonda böladigan yer qimirlaşlari seysmik rayonlaştiriş xaritasini tuzib çiqişgan. Şu xarita asosida qaysi hududlarda 4-5 ball, qaysi hududlarda 7-8 ballga möljallab uy-joy quriş rejalaştiriladi.

Seysmik rayonlaştiriş xaritasi

Çotqol toğ tizmasining markaziy qismi va Farğona vodiysining şarqiy qismlari 9 balli seysmik zonada joylaşgan. Bu zonaning ğarbiy çegarasi Namangan va Farğona şaharlari yaqinidan ötadi. Zona janubiy va janubiy ğarbiy yönalişlarda Tojikistonga ötadi va Surxondaryo viloyatining şimolida Şarğun şahri atroflaridagi kiçikroq hududni öz içiga oladi. Bu zonada 9 balli zilzilalarning episentri joylaşgan.

8 balli zona şimolida Qorjontov, Ugom va Piskom toğ tizmalarini qamragan. Janubroqda bu zona Toşkent, Namangan va Farğona şaharlari orasidan tor polosa şaklida ötadi, söngra Tojikistonga, u yerdan Surxondaryo viloyatiga ötib, ğarbdan Boysuntoğ tizmasining şimoliy qismida 9 balli zona bilan tutaşadi. Buxoro viloyatining Gazli şahri atrofi ham 8 balli zonaga kiradi.

Sirdaryo va Jizzax viloyatlari hududi, Qaşqadaryo viloyatining ğarbiy qismi va Surxondaryoning asosiy hududi hamda Navoiy viloyatining şarqiy qismi, Buxoro viloyati, Xorazm viloyatining janubiy qismlari esa 7 balli zonaga kiradi.

Özbekiston tarixidagi kuçli silkinişlar

1966 yilda sodir bölgan Toşkentdagi yer silkinişi eng kuçli zilzilalardan biri sifatida tarixda qolgan. Biroq poytaxt tarixida kuçli zilzilalar köp bölgan.

Tarixçi Muhammad Solih “Tarixi jadidai Toşkand” asarida hikoya qilişiça, 1866 yil 26 apreldan 27 aprelga ötar keçasi ham Toşkentda juda kuçli yer silkinişi bölgan. Mozor va jome masjidlarining gumbazlari, jumladan, Xoja Ahror jome masjidi gumbazi, aholi yaşaydigan imoratlar qulab, ança odam halok bölgan.

Yana 1868 yilning 4 fevral va 4 aprel, 1886 yilning 29 noyabr, 1924 yilning 7 iyun, 1946 yilning 3 noyabr kunlarida ham Toşkentda 7 va 8 balli zilzilalar bölgani aytiladi.

Şuningdek, 1902 yil 16 dekabrda Andijon şahrida 8-9 ball, 1976 yil 8 aprelda Buxoroning Gazli şahrida 8-9 balli zilzilalar sodir bölgan.

Zilzila darakçilari bormi?

Mutaxassislarning aytişiça, dunyoda zilzilani oldindan aytib beradigan, prognoz qiladigan markaz yöq. Ammo zilzilaning ma’lum bir darakçilari bölib, şularga qarab yaqin orada yer qimirlaşi bölişi mumkinligini prognoz qilsa böladi.

Qahhorboy Abdullabek, Seysmologiya instituti akademigi

Seysmologiya instituti akademigi Qahhorboy Abdullabekovning ma’lumot berişiça, 1966 yilgi Toşkent zilzilasidan oldin yerosti suvlari, quduqlardagi suvlar harakatga kelgan. Ba’zi joylarda suvlar kötarilib ketsa, ayrim joylarda tuşib ketgan.

“Toşkent zilzilasidan keyin ma’lum böldiki, zilziladan oldin ma’danli suvlar tarkibidagi tuzlar, gazlar, 10dan ortiq har xil mikroelementlar tarkibi özgarib ketar ekan. Bu öşa paytgaça dunyo olimlariga noma’lum bölgan. Bu narsa ilk bor Özbekiston Seysmologiya instituti olimlari tomonidan aniqlandi. Va zilzila darakçisi sifatida qabul qilindi”, – deydi akademik.

Bundan taşqari, uning sözlariga köra, zilziladan oldin yer siqilişi natijasida toğ jinslari deformatsiyaga uçraydi va şundan elektromagnit tölqinlar ajrala boşlaydi. Yana, silkinişlardan oldin yerda yoriqlar paydo böla boşlaydi.

Şuningdek, biologik darakçilar ham bor. Hayvonlar yugurib çiqib ketadi, ilonlar, it va muşuklar taşqariga çiqadi.

“Şulardan kelib çiqib, Andijondagi Oloy zilzilasi, Pop zilzilasi oldindan aytib berilgan. Lekin butun dunyo böyiça hali ob-havodek zilzila böliş kunini yuz foiz oldindan aytib beradigan maxsus xizmat yöq”, – deydi akademik.

Sodir bölayotgan zilzilalarning Özbekistonga ta’siri

Favqulodda vaziyatlar vazirligi Seysmoprognostik monitoring markazi boşliği Qahramon Qöçqorovning ma’lumot berişiça, Turkiyadagi kabi zilzilalar 1 kun yoki 1 yilda paydo bölgan emas, bunday kuçli yer silkinişlari 50-60 yilda yetilib keladi.

“Bundan taşqari, internetda dunyoda seysmik faollik boşlanyapti, degan sarlavhalar bilan turli xaritalar tarqalyapti. Bunday xaritalar asossiz. Dunyoda heç qanaqa seysmik faollik boşlangan emas. Turkiyada zilzila bölişidan oldin ham har hafta Özbekistonda 40-50taça kiçik yer qimirlaşlari bölib turardi. Lekin buni heç kim sezmaydi”, – deydi u.

Seysmologiya instituti direktorining ilmiy işlar böyiça örinbosari, geologiya-mineralogiya fanlari doktori, professor Vohidxon Ismoilov esa Turkiyadagi zilzilalarning Özbekistonga ta’siri haqida ma’lumot berdi.

Unga köra, Turkiyada yuz bergan zilzila Hindiston, Avstraliya metasferasi bilan Arabiston plitasi va şimoldan Yevroosiyo plitasining özaro töqnaşuvi jarayonida hosil bölgan. Bu umumiy global faollaşuv davrida namoyon bölayotgan holat, ammo biri ikkinçisiga töğridan töğri ta’sir qilmaydi.

“Turkiya ham, Özbekiston ham Örta yer dengizi – Osiyo seysmik kamariga kiradi. Biroq ularning bir­biriga töğridan töğri boğliqligi yöq. Yer qobiği bölak tuzilişga egaligi sabab Turkiyada yuz bergan zilzilaning ta’siri Özbekiston hududida sezilmaydi”, – dedi u.

Oldinroq FVV rasmiy bayonot çiqarib, Özbekistonda magnitudasi 5 ballga teng yoki undan katta bölgan zilzila darakçilari aniqlanmaganini ma’lum qilgan, fuqarolardan ortiqça vahimaga tuşmasliklarini söragandi.

Stol osti, burçaklar va eşiklar

Favqulodda vaziyatlar vazirligi akademiyasi huzuridagi Fuqaro muhofazasi institutida sun’iy zilzila markazi qurilgan. Bu yerda maxsus xona bölib, u 8-9 ballgaça sun’iy qimirlatib turiladi va xuddi şu vaziyatda aholiga nima qilişi kerakligi, uyning qayeriga berkiniş mumkinligi tuşuntiriladi.

Jumadulla Sagatov, Favqulodda vaziyatlar vazirligi akademiyasi huzuridagi Fuqaro muhofazasi instituti xodimi

Institut xodimi Jumadulla Sagatovning ma’lumot berişiça, zilzila vaqtida harakatlanişda eng avvalo xavfli nuqtalarni bilişi kerak. Xonaning içki burçaklari, eşikning içki kesaklari, stol tagi xavfsiz joylar hisoblanadi. Xona jihozlarining yonida turiş, derazalarga yaqin boriş, köp qavatli uylarda zinalardan tuşişga harakat qiliş juda xavfli.

Mutaxassis kuçli zilzila bölganda katta talafot körmaslik uçun, xonadagi mebellarni devorga imkon qadar jipslaştiriş va ovqatlanadigan, uxlaydigan joylardan uzoqda joylaştiriş kerakligini aytdi. Bevosita zilzila vaqtida esa elektr va gazni tezroq öçirişga harakat qiliş lozim. Yana bir muhim jihat – köp qavatli uyning içki loyihasini özgartiriş ham zilzila vaqtida uyning qulaşiga sabab bölişi mumkin.

“Köp qavatli uyning konstruksiyalariga özboşimçalik bilan özgartiriş kiritiş, ustunlarini olib taşlaş nafaqat xonadon egasi, balki butun boşli uyda yaşaydigan hammaning hayotini xavfga qöyişi mumkin”, – deydi Sagatov.

Şu bilan birga, FVVning “Zilzila Mobile” mobil ilovasida ham zilzila vaqtida qanday harakatlaniş yöl-yöriqlarini öqib örganiş mumkin.

Zuhra Abduhalimova, jurnalist
Operator va montaj ustasi – Asror Almuradov, Abduqodir Tölqinov