Prokuror Furgal uçun 23 yillik qamoq jazosi söragandi, sud esa hukmda bir yil kamroq jazo berdi. Xabarovskning sobiq rahbari sudda aybiga iqror bölmadi va bu hukmni uyatli deb atadi.

2000-yillardagi qotillikda ayblov

Furgal ustidan sud işi Moskva oblastidagi Liberets rayon sudida körib çiqildi va aynan şu yerda hukm öqildi. 2 fevral kuni sudyalar hay’ati Furgalni tadbirkor Aleksandr Smolskiyga suiqasdda aybdor deb topdi. Şuningdek, sobiq gubernator boşqa tadbirkorlar Yevgeniy Zori va Oleg Bulatovga nisbatan qotillikni taşkil etişda ham aybdor deb topildi. Ayblovga köra, 2000-yillarda Furgal bu tadbirkorlar bilan biznes olamida raqobatlaşgan.

«Balki bolalarimiz odil sudlovni körar...»

Har uç holat böyiça sudyalar Furgalga berilgan jazoni yengillatiş imkoni yöqligini bildirgan. Öz ustidan çiqarilgan hukmni eşitgan Furgal esa qafasda turib sudyalar uçun u uyalayotganini aytdi.

Furgal ikki yildan buyon öziga nisbatan ayblovlarni uyuştirilgan va siyosiylaştirilgan deb aytib keladi. Hukm öqilgan sud majlisida ham u aybini tan olmadi. «Mening aybim şunçaki tizimni yaxşilaşga intilganim», dedi söngsöz örnida sobiq gubernator.

U sud jarayonida öziga çiqarilgan hukmni «adolatning butkul ölişi» deb atadi. «Bu adolatning butkul ölişi bölsa, nimanidir muhokama qiliş mumkinmi? Şunçaki ijobiy nimadir paydo bölişini kutişga majburmiz. Balki bolalarimiz, balki nabiralarimiz odil sudlovni körar», deya Furgalning sözlarini keltirgan «Furgal ştabi» Telegram-kanali.

Öta oğir jinoyatda ayblov

Sudyalar hukm çiqarilgaç, Furgaldan hukm tuşunurlimi, deb söraşdi. «Örtoq sudya, hukm-ku tuşunardi, faqat bir narsani tuşunmayapman: bunday qaror çiqarganingiz uçun uyalmayapsizmi?» degan Furgal.

Furgal ayblanayotgan jinoyatlar Rossiyada öta oğir jinoyatlar hisoblanadi va bunday jinoyatlar uçun bir umrlik qamoq jazosi söraladi. Ammo jinoiy javobgarlikka tortiş muddati 15 yildan ötib ketgani uçun prokuror unga bir umrlik qamoq söray olmasdi. Şu bois 23 yil jazo söradi va sud 22 yilga hukm çiqardi.

Furgal işi böyiça qolgan aybdorlar Marat Qodirov, Andrey Paley va Andrey Karepov ham uzoq muddatlarga qamaldi.