Rossiyaning Xabarovsk ölkasida işlovçi xitoylik migrantlar norozilik aksiyasi uyuştirişdi.

Mahalliy naşrlarga köra, 200 nafar atrofidagi xitoyliklar 12 aprel kuni Komsomolsk-na-Amur şahri köçalari böylab marş qilib ötişgan. Marşni yakunlagaç namoyişçilar markaziy köça yoqasidagi trotuarlar va gazonlarga ötirib olişgan.

Guvohlarning sözlariga köra, ular «Petro-Xexua» kompaniyasining maoşlari tölanişini talab qilib çiqqan işçilaridir. Ular xitoyça va rusça yozilgan plakatlar kötarib, Rossiya prezidenti Vladimir Putin hamda «Rosneft» rahbari Igor Seçinga murojaat qilişgan.

Şahar rahbari Dmitriy Zaplutayev işçilar bilan uçraşgan, ammo muzokaralar natijalari haqida xabar berilmagan.

Aksiya ötkazilgan joyda navbatçilik qilgan politsiyaçilar va milliy gvardiyaçilar namoyişçilarning birortasini qölga olmagan.

Komsomolsk-na-Amurdagi neftni qayta işlaş zavodining xitoylik işçilari 2021 yil noyabrida ham şunga öxşaş aksiya ötkazişgandi. Öşanda ham ular maoşlarni tölaş va vatanga qaytarişni talab qilişgandi.