Moskva viloyatining Lyubersi şahar sudi Xabarovsk ölkasi sobiq gubernatori Sergey Furgalni qattiq rejimdagi koloniyaga 22 yilga ozodlikdan mahrum qildi, deb xabar bermoqda TASS axborot agentligi 10 fevral, juma kuni.

Hukm hakamlar hay’atining Furgal va iş böyiça boşqa ayblanuvçilar - Andrey Karepov, Marat Qodirov hamda Andrey Paleyga nisbatan ayblovi asosida çiqarildi. Karepov va Paley 21 yil hamda 17 yilga, Qodirov esa 9 yil-u 6 oyga ozodlikdan mahrum etildi.

Furgal 2004-2005 yillarda tadbirkorlarga suiqasd qiliş va bu harakatni uyuştirişda aybdor deb topilgan. «Hurmatli sudya, hukm tuşunarli. Faqat bir narsa tuşunarsiz. Uyalmaysizmi? Bu hukmdan uyalmaysizmi? Bu odamlarni köçadan olib ketişdi, menga mutlaqo notaniş odamlarni qamab qöyişdi. Qandaydir dahşat», - dedi Furgal sudyaga hukmni tuşunasizmi, degan savolga javoban.

Sergey Furgal 2020 yil iyul oyida hibsga olingan. Uning jinoiy işi Xabarovsk ölkasida bir neça oylik noroziliklarga sabab böldi. Xabarovskda olti oy davomida har şanba kuni sobiq gubernator himoyasi uçun yurişlar bölib ötdi.

Furgalning özi aybini tan olmadi. U öz işini «Amurstal» zavodining egasi Pavel Balskiy bilan mojaroga boğladi. Sobiq gubernatorning advokati Mixail Karapetyan hukmni «noqonuniy va asossiz» deb atadi hamda apellyatsiya bermoqçi ekanligini aytdi. Unga köra, sud hukmi qonuniy kuçga kirguniga qadar siyosatçi koloniyaga ötkazilmaydi.