“Sahnaga har gal tahorat va tilovat bilan çiqaman” - Erkin Komilov bilan suhbat
|03:07 / 12.02.202344 99422 min
Özbekiston xalq artisti Erkin Komilovning Özbek milliy akademik drama teatridagi faoliyatiga bu yil 56 yil töladi. Yarim asrdan ortiq vaqt davomida nafaqat teatrda, balki kinoda ham yuzlab rollar ijro etgan aktyor hali ham sahnada ijod bilan band. U istagan rollarini ijro eta oldimi, bugungi ijodiy jarayonlardan köngli töladimi? Kun.uz mahoratli aktyor bilan şular haqida suhbatlaşdi.
— Qariyb 60 yillik ijodiy faoliyatingiz davomida siz haqingizda tayyorlangan yoki siz iştirok etgan körsatuvlar, intervyular soni ham yuzdan oşgandir. Xuddi berilmagan savol ham qolmaganday tuyuladi. Lekin sizday xazinaga aylanayotgan odamlar bilan suhbat qilarkanmiz, biz uçun ham asrab qöygan javohiri bor, heç kimga aytmagan bitta gapini bizga aytadi, degan umidimiz yöq emas, albatta. Ayni paytda ijodkor sifatida nimalar bilan bandsiz?
— Yaqinda «Sudya» degan serialda rol ijro etdim. Yaqin kunlarda tomoşabinlar e’tiboriga havola etiladi. Pandemiya va yana boşqa sabablar bilan teatrda köp asarlar qolib ketdi. «Alişer Navoiy», «Mirzo Uluğbek» kabi ommaviy sahnalari bor asarlar qöyilmadi. «Mirzo Uluğbek»da Abdulatif rolini ijro etadigan Fathulla Ma’sudov vafot etdi, Gavharşodbegim rolini öynaydigan Yayra Abdullayeva ham olamdan ötdi. Öylab qarasam, bu spektakl ikki yildan beri qöyilmayapti ekan. Teatrdagilarga aytdim, endi «Mirzo Uluğbek» spektaklini tiklaymiz. Qöçqor Norqobilning «Taqdir sinovlari» degan asari bor, uni ham qayta tiklaymiz. Hozirça rejalarim şu.
— Hayot va ijod yölingiz bilan tanişar ekanman, bitta ma’lumot meni hayratga soldi. Ya’ni Erkin Komilov 22 nafar farzandning ön töqqizinçisi. Yoki bu ma’lumotda mubolağa bormi?
— Mubolağa yöq. Rostdan 19-farzandman. Mendan keyin ikkita singlim, bitta ukam bor – 22 farzandmiz. Lekin birorta akam ham, opam ham yöq. Mengaça bölgan aka-opalarim ötib ketgan, tibbiyot rivojlanmagan davr bölgani uçun har xil kasalliklar sabab ötib ketişgan. Ismimni Tangriberdi deb qöyişgan, lekin qişloqda qisqartirib aytişadi, deb Erkin qöyişgan keyin.
Otam juda ziyoli, ilmli odam bölgan. Komil qori deyişgan, Qur’onni yod bilganlar.
— Bolaligingiz uruşdan keyingi qiyin davrlarga töğri keladi. Andijonning Kurfa qişloğida katta bölayotgan kiçkinagina Erkin. U maktabda qanday öqirdi? Qanday bola edi? Şöxmi, jiddiymi yoki qitmirroq?
— Öşa davrlarda qişloq bolalarga rahm-şafqat qilmas edi, yöq! Dadam rahmatli yer çop, derdi – çopardim, keyin kesagini maydalab qöy, derdi – kesagini maydalardim. Söng kartoşka, sabzi, yana boşqa narsalar ekardik. Suv qöyardik. Molga öt olib kelardik. Işlardan keyin dars qilardik.
Bolalik Xudoga yaqin payt böladi. Qaçon katta bölamiz, derdik. Katta ham böldik, şahargayam keldik. Otam doim: «Yomondan yiroq böl. Birovning haqini çöntagingga solmagin, öz haqingni talab qiladigan yigit bölgin, deb öqityapman, Erkinboy» derdi. Lekin şaharga kelib, öqib yurganimda öşa bolalikka qaytgim kelardi. Şahardagi mayda-çuyda ğuborlar menga yuqmasmikan, deb qörqqanman. Baribir yuqqan... Hozir özimni pok deb bilmayman. Umuman, bizning yoşdagilarning hammasi gunohkor bandalar. Beayb – Parvardigor.
Mavzuga oid
Yoşligimda haddan taşqari baquvvat yigit edim. Temirlarni bukib qöyardim... Bir voqeani aytib bermasam bölmas. Öş şahri bizga juda yaqin edi. Andijon markazi 34 çaqirim bölsa, Öş markazi 4 çaqirim edi, piyoda ham borib kelardik. Şuning uçun bayram-hayitlarda faqat Öşga borardik. Birinçi kursni bitirib, ta’tilga borgaç, ammamning öğli, katta opamning öğli, men – uçalamiz Öşga bordik. Daryo bor edi, sohilida boğ, öşa yerda çoyxonalar bölardi. Kiraverişda, öng qöl tarafda polvonlar kuraşadigan maydon bor edi. Tomoşa qilardik. Öşanda nomi çiqqan, marhamatlik maşhur bir polvonni aytib, falonçi polvon bilan kim kuraşadi, dedi. Men kuraşaman, dedim. Ammamning öğli – Ismoil akamning töxtang deyişiga qaramay, maydonga çiqqanman.
Kuraşib, marhamatlik polvonni aylantirib yerga urganman. Tomoşabinlar qiyqirib yuborgan. Çoponni qayirib aylanadigan odat bor edi, odamlar pul taşlardi. Rosa pulga tölib ketdim. Puldan Ismoil akamgayam berganman, jiyanimgayam berganman. Özimdagi pulni qayerga qöyişni bilmayman heç. Ota-onamga körsatsam, qayerdan olding, deb urişadi. Körpaning qatiga tiqib qöyganman oxiri. Dadam heç menga kattiq gapirgan emas. Bir kuni yoniga çaqirdi-da, tönining yengi bilan bir urdi. «Öşga borib kuraşibsan. Mayib bölib qolsang nima böladi? Endi bunaqa qilmagin», dedilar, xöp dedim. Demoqçimanki, şunaqa baquvvat yigit bölganman. Institutga kelganimda ham kimdir meni haqorat qilsa, jim turmasdim, hamma mendan çöçib turardi.
— Poytaxtga kelayotganda öşa paytda Toşkent davlat teatr va rassomlik institutiga kiraman, deb qat’iy qaror bilan kelganmisiz? Yoki boşqa rejalar bölganmi?
— Öqişga kiriş uçun kelganman faqat. 1950-51 yillarda onam meni Öşga olib borgan. Bir joyga kirganmiz, öşa yerda «Ravşan va Zulxumor» degan spektakl bölayotgan ekan – bilmaganman men nima ekanini. Uyga kelib onamdan qayerga olib bordingiz, deb söraganman. Keyin onam teatrga olib bordim, deganlar. Teatr degan sözni ilk bor onamning oğzidan eşitganman. Qayta-qayta aytib yodlab olganman şu sözni. Teatrga boraman deb yiğlaganlarim ham esimda. Hozir öylasam, onam rahmatli yuragimga uçqun taşlagan ekan. Bu uçqun alanga olib ketişini xayolimga ham keltirmaganman. U paytlar aktyorlardan faqat Şukur Burhonovni bilardim. Keyin Olim Xöjayevni, Nabi Rahimov, Sora Eşontörayevalarni eşitganman. Qanaqa odamlar ekan bular, deb öylab yurardim.
Öqişga 244 kişi hujjat topşirganmiz, şundan 11 kişini olişgan. Gulçehra Jamilova, Guliya Muhammedova, Hojiakbar Nurmatov, Ne’matulla Egamberdiyev – hammasi gözal yigit-qizlar, men esa qişloqdan kelganman. Şunda Prem Çandning «Nirmala» romanidan monolog yodlab öqib berganman, hamma hayron qolgan. Imtihonning birinçi bosqiçida 244 kişidan 33 kişi qolgan. Familiyamni körib yiğlab yuborganman. Ikkinçi bosqiçda esa 11 kişi içida 7-örin bilan öqişga kirganman.
Nina Ivanovna Timofeyeva dars bergan bizga. Assistentlari Tursunboy Isroilov, Iza Isayeva, Nazira Aliyevalar edi. Buyuk ustozlar qölida ta’lim olganmiz. Hamza teatri direktori Tojxöja Xöjayev meni, Gulçehra Jamilovani, Hojiakbar Nurmatovni teatrga olib kelgan. 3-kursda öqirdik u payt. Öqişni bitirganimdan keyin Komil Yaşinning «Yölçi yulduz» dramasidan Avaz rolini berişgan. «Agar şu rolni yaxşi öynasangiz, teatrda olib qolaman. Yomon öynasangiz, Andijonga ketaverasiz», degan Toşxöja aka, heç esimdan çiqmaydi. Zikir Muhammadjonov bilan dublyor bölganman. Rolim turkman yigit edi. Institutimizdagi turkman yigitlardan 17 kun turkmança talaffuzni örganganman. Şunday qilib, 1966 yilda meni teatrga qabul qilişgan.
— Teatrga mehr qöyişingizga onangiz sababçi bölgan ekan. Ular özlari bilan sizni bir neça bor teatrga olib borganda uyğongan havas sizni yillar ötib aktyor qildi. Yutuqlaringizni onangiz körişga ulgurdilarmi? Ota-onangiz sahnada rollar ijro etganingizni körib quvonişganmi?
— Otam körolmadi, ammo onamga nasib qildi. Onam kelib köp spektakllarni körgan. 1979-80 yillarda Öktam Usmonovning «Girdob» degan videofilmida Aziz Qosimov rolini öynaganman. Film juda katta şov-şuv bölib ketgan. Öşa şov-şuvlarni onam körgan. Juda xursand bölardi. «Butunlay boşqaçasiz-da sahnada, bolam. Özingizdan çiqib ketasiz. Yuragingizni ehtiyot qiling, bolam» der edi.
Otam rahmatlikka odamlar öğlingizni televizorda kördik, deyişar ekan (bizning uyda televizor yöq edi). «Televizorlarga çiqayotgan emişsan, qişloq odamlaridan eşityapman...» derdi otam. U paytlar kiçik-kiçik rollarni öynab yurardim.
Bizning baxtimiz şunda ediki, biz buyuk ustoz san’atkorlarning qöliga tuşganmiz. Şukur Burhonovdek buyuk san’atkor meni şogirdim deb qabul qilgan. Biz kelgandan keyin mana 44 ta buyuk san’atkor ötib ketibdi. Ular bizga bir söz aytmagan bölsa ham, sahnada özini tutişini körib, köp narsalarni örganganmiz.
— Teatr darğalaridan biri Şukur Burhonovning şogirdisiz. Bu baxt özbek teatr tarixida hammaga ham nasib etmagan. Ijodiy muvaffaqiyatlaringiz zamirida şu omil yotibdi qaysidir ma’noda. Şukur Burhonov sahnada ustozmidi sizga yoki ulardan örganganlaringiz hayotda ham asqatganmi?
— Hayotdayam köp narsani örganganman. Şukur akam juda hokisor odam edi. Xarakterli rollarda ustozim Obid Yunusov bölgan. «Oltin devor»dagi rolimni Obid akam tayyorlab öynatgan menga. U kişi ham juda bir hokisor odam edi. Şukur akamning bir xarakteri bor edi: kattaroq lavozimdagi odam kelsa, «anavi kelibdi-da» deb ötib ketaverardi. Agar oddiyroq, hokisor odam bölsa, borib körişib, söraşardi.
«Qiyomat qarz» spektakli çiqişidan avvalroq edi: bozorga tuşdik. Bir ayol tilanib ötirgan ekan. Anavi ayol nima qilib ötiribdi, deb söradilar mendan, tilanib ötiribdi, Şukur aka, dedim. Çöntagidan 25 söm pul olib, olib borib ber, dedi. 75 söm oylik olamiz özimiz, çoy 5 tiyin, non 10 tiyin paytlar. Ön daqiqaça Şukur akamni duo qilgan.
Meni 3 yillik armiyadan olib qolgan Şukur akam. U paytlar armiyadan olib qoliş mumkin emasdi özi. «Şoh Edip»da rolim bor edi. Tayyorlanib endi ketayotganimda, Şukur akam körib, «Edip» nima böladi, degan-da, Iskandar Musapeyeviçning oldiga olib kirib: «Bu bolani armiyaga olib ketişyapti ekan, 3 yil bekorga ötib ketadi, olib qoling» degan. Iskandar aka bunaqa masalalarga aralaşa olmayman, degaç, qaysi rayondansan, deb söradi. Oktyabr rayonidanman, dedim menam. «General-mayor Botir Boboyevdamisan? Botirni it tişlayotganda men ajratib olganman, yur bu yoqqa» dedi Şukur akam. Bir oğiz gapi bilan olib qolgan. U payt bunday qiliş «utopiya» edi. Uylanişimgayam yordam bergan.
Şukur akamning menga qilgan yaxşiliklari – bitta kitob. Şunday odamlar hozir bormikan... Masalan, mening qölimdan keladimi Şukur aka qilgan işlar? Yöq. Qilolmayman, qölimdan kelsa ham, erinaman.
— 56 yildan beri bitta teatrdasiz. Vaholanki, bu teatrdan ham köplar vaqtida ketgan. Ba’zilarining ketişi ziddiyatlar bilan boğliq, oğriqli bölgan. Milliy teatr sahnasida qoliş ham oson iş emas deb eşitganmiz... Sizning ham heç ketişingizga töğri kelgan paytlar bölganmi?
— Köplari kinoda omadi kelganda, teatrni taşlab ketgan. Teatr biz uçun boylik. Bu yerda olganlarimizni borib kinoda sarflaymiz. Bir oy sahnaga çiqmasangiz, sahna sizni yutib yuboradi. Kamida bir oyda ikki-uç marta sahnaga çiqib turiş kerak.
Birim ikki böldi bu yerda. Qayerga ketaman? Odamlar hurmat qilayotgan bölsa, şu teatrning çangini yalaganimdan. 40 sotixlik boğim bor.
— Şaxsiy hayotda juda köp sinovlarni boşingizdan ötkazgansiz. Erkin aka, kasbingizning oilaviy hayotingizga salbiy ta’siri bölganmi, ya’ni turmuşdagi oğriqlaringizning ijodingizga boğliq tomonlari bormi? Balki faoliyatingiz tufayli yaqinlaringizga kamroq vaqt ajratgandirsiz? Bu borada afsuslanadigan tomonlaringiz bormi?
— Ba’zida aktyorlikka yetimxonadan çiqqan böliş kerak ekan deyman. Alloh suygan bandalariga ğamlar, anduhlar yuborib turadi. Bandamiz-da, içimizga yutamiz, uyda yiğlasak ham, köçada kulib turamiz. Uyda biror yumuş çiqsa, s’yomkada yo gastrolda bölaman. Uyda bir kun bölib qolsam ham, asarlardagi şe’riy matnlarni yodlayman. Şukur aka «Yodlagan sözni gapirmagin. Öşa sözning tagidagi ma’noni, falsafani gapir, undan keyin tomoşabin qaraydi senga. Köçib ketgan hovliga öxşab çiqma sahnaga. Şunday mahorat bilan öynaginki, har daqiqada yötalib turadigan kasal odam seni körib, yötali esidan çiqib qolsin» der edi. Maykl Jyekson aylanib şlyapa kiyiş harakatini ming martalab repetitsiya qilgan ekan. Hozirgi aktyor-aktrisalar ming marta repetitsiya qiladimi? Qaytarsa 10-11 marta qaytaradi.
El-yurtga şunçaki tanilmaysiz. Fidoyilik qilganingiz uçun tanilasiz. Demak, mehnat qiliş, öqiş kerak. Agar şu mehnatlaringiz şaxsiy hayotga ta’sir qilsa, şaxsiy hayotni bir çetga surib qöyişga majbursiz. Çunki biz xalqning oldida turamiz. Bir marta nazardan qoldingizmi, keyinam qolib ketaverasiz.
— Sahnada yuzdan ortiq rollaringiz bor. Ular orasida boşqaça tilga olinadigani – Mirzo Uluğbek obrazi. Vaqtida Şukur Burhon ijro etgan, keyin Turğun Azizov. Ustozlardan keyin öz talqiningizni yaratiş sizni çöçitmaganmi öşanda?
— Şukur aka telefon qilib, uyga kel, derdi. Işim bormi-yöqmi, farqi yöq edi, çaqirardi – borardim. Oybek, Abdulla Qahhor, Ğofur Ğulom, Maqsud Şayxzoda, Nazir Safarov, Şarof Raşidovlarni Şukur akaning uyida körganman. Bir kuni Şukur aka Maqsud Şayxzodaga: «Maqsudjon, Uluğbekning onasiga aytgan «Siz onasiz, emassiz hokima» degan joyini özgartirib berasiz. Uluğ astronom olim onasini bunday siltab taşlamaydi» dedilar. Maqsud Şayxzoda ança jim turdi-da: «Yozib bermayman, siz buyuk aktyorsiz, yölini toping» dedi. Oradan ön kun ötgaç, spektakl qöyilayotganda, lojaga çiqib qarab tur, dedilar. Şukur akam öşa sözlarni aytayotganda yiğlab yubordi, tomoşabinlar duv qarsak çaldi. Spektakl tugagaç: «Qalay, kördingmi?» dedi Şukur akam. «Ha, dahşat, qarsaklarni qarang» dedim. «Haa, Maqsud ham balo-da. Agar şu sahnani qayta yozib berganda, mana şu qarsaklar bölmasdi» deb kulib qöydilar.
Nasib qilsa, şu Uluğbekni senga öynataman, deb qoldi bir kuni. Şukur akaning rolini qanday men öynayman, deb hayron bölganman. Şukur aka davrida Abbos rolini öynardim. Uluğbekka xanjar uradigan joyida qölim titragan birinçi marta.
— Mirzo Uluğbek rolini ijro etişga qiynalganingizni aytgansiz. Qabriga borib Qur’on tilovat qilgan ekansiz. Barça tarixiy obrazlarni yaratişdan avval şunday yöl tutasizmi yoki faqat Mirzo Uluğbek rolida şunday bölganmi?
— Samarqandda yuqoridagilar bu yerda Uluğbek siymosi bormi, deb söragan. Yöq deyişgaç, qöyilsin deyişgan. Olimjon Salimovni yuborişgan Samarqandga. U yerda Uluğbekni öynaydigan aktyor yöq deb qaytib kelgan, eşitişimça. Keyin meni aytişgan va öşa yerda öynasin deb jönatişgan. Samarqandga borganimdan keyin uç kun uyqu bölmadi. Repetitsiya böladi – quloğimga heç narsa kirmaydi, şok bölib qolganman. Ayolimga telefon qilib, Toşkentga qaytyapman, teatrda işlamayman, deganman. Yiğlaganman. Jon dadasi, bunday qilmang, degan ayolim... Sahar tongda derazadan Göri Amir maqbarasining gumbazi körinib turgan ekan, bordim. Uç kun qatnadim. Uçinçi kuni Amriddin degan yigit şunaqa yurganimni bilib, meni pastga qabr oldiga olib tuşdi. Qabrni uşlab, özimni bosolmay qattiq yiğladim. Yarim soatdan oşiq qolib ketdim. Uç kun qatnadim yana. Keyin rejissyorning gaplariyam quloğimga kira boşladi, sözlar ham. 20 kunda 44 varaq şe’riy matnni yodlab, beşta premera öynab qaytganman.
Öşanda Uluğbek ruhiyati meni uşlab turgan ekan. Bir odatim bor: qaysi rolni öynamay, sahnaga çiqiş oldi ustozlar ruhiga bağişlab Qur’on tilovat qilaman. Sahna poklikni yaxşi köradi, faqat tahorat bilan çiqamiz. Agar şunçaki bepisand bölganimda, Erkin Komilov bölmasdim.
— Siz fojiaviy, dramatik, komik rollarniyam mahorat bilan ijro eta olasiz. Bu tomondan özingiz orzu qilgan rol, obrazni yaratiş imkoniyati köproq boşqalarga nisbatan. Şundan kelib çiqqan holda bugungi kungaça özingiz istagan, mana bu mening taşrif qoğozim deb faxrlanib aytadigan rolingizni yaratib ulgurdingizmi? Xoh kinoda, xoh teatrda.
— Yöq, yaratmadim. Moskvaga borganimda Mixail Ulyanovning «Riçard»ini körganman. Toşkentga qaytib menam öynayman, bundan yaxşiroq böladi, deganman. Ammo rejissyor topolmadim. Ellik yoşdan oşganimda bir rejissyor «Riçard» qöyaman deb qoldi. Endi Riçard emasman, dedim. U 24 yoşli yigit. Hozirgi kunda esa haqiqiy özbek, ketmonda qöllari metin bölgan, iymoni but – yukli rol öynamoqçiman. Kinodami, teatrdami – farqi yöq. Ammo unaqasi yöq. Aktyorda yuk, dard bölişi kerak sahnada. Tomoşabinlar nafas ololmay ötirişi kerak. Qani dramaturglar? Nima qilişyapti?
Dramaturglar kelib sabr bilan bizning pesalarni körişi kerak. Teatrni körmay pesa yoziş mumkin emas! Kelib, hammasini körib, undan keyin qöl uriş kerak.
— Siz rol ijro etgan «Şaytanat» videofilmi bir neçta telekanalda namoyiş etilgandi, ammo şunday davr böldiki, uşbu film 20 yil mobaynida TVda namoyiş etilmadi. Avval bergan intervyularingizdan birida «Şaytanat»ni kim taqiq qilganini bilamiz degansiz. Bugun öşa şaxs kim ekanini oçiqlay olasizmi?
Umuman, sizningça, bu film nima uçun «zapret»ga tuşgan? Bu ayrim amaldorlarning şaxsiy ambitsiyasi natijasi bölganmi yoki yuqoridagilarning topşiriği?
— Yöq, aytib bölmaydi. Buni Yodgor bilan men bilaman faqat. Yuqoridan emas, şaxsiy ğaraz bölgan. Bilişimça, bu ğaraz Tohir Malikka nisbatan bölgan.
— Yodgor Sa’diyev 2019 yilda bergan intervyusida «Şaytanat»ning 21-qismi yakuniy qism bölişini ma’lum qilgan edi. Aytişlariça, sönggi qismda Nozim Tölaxöjayev va Uluğbek Qodirov kabi aktyorlar ham rol ijro etişgan. «Şaytanat» serialining şu paytgaça namoyiş etilmagan qismlari 2020 yili «Zör TV» telekanalida efirga uzatilişi rejalaştirilgandi. Ammo premera qoldirildi. Nima sabab bölgandi bunga?
— Olindi, lekin ötmadi.
Buyam bir «kasallik» ekan. Xudo asrasin bundan. Şunday insonlar bor ekan, bu «zapret» qöyiş degan narsalar yöqolmaydi. Uni yöqotsa, örniga boşqasi keladi.
— Oxirgi marta kino va teatrda mazza qilib öynagan rolingiz qaysi?
— «Barakasini bersin» degan kinoda maza qilib öynadim. Heç qanday siyosatga aloqasi yöq, faqat vijdon masalasi bor unda. Keyin Erkin A’zamning «Suv yoqalab» asari asosida Jahongir Qosimov işlagan kinoda ham maza qilib öynadim. Öşa rol uçun Nyu-Yorkda Robert De-Niro klubida «Eng yaxşi erkak roli» nominatsiyasini oldim 34 mamlakat içida.
— Jamiyatni kuzatar ekanmiz, odamlar ikki toifaga bölinib qolganini köramiz. Hayoti va turmuşidan rozilar va norozilar. Hayotning har qanday aççiq-çuçugini totgan, köp qiyinçiliklarni boşidan keçirgan odam sifatida hayotidan, umuman, tuzumdan norozi odamlarga nimalarni maslahat bergan bölar edingiz?
— Şariatga rioya qiliş, tariqat odobini saqlaş, sabrli bölişni maslahat berardim. Hammaning taşvişi bor öziga yaraşa. Zamon – Xudoning oti. Zamonni yomonlaş notöğri. Uruşdan keyingi yillarda qornimiz nonga töymagan paytlarda ham nolimaganmiz, ota-onam noliganini ham eslolmayman. Otam oçarçilik davrida omborçi bölganda, onam ozroq un olib çiqing, bolalarga atala qilaylik, deb aytganiga könmagan ekan.
Hozir nimaga noliymiz, tuşunmayman. Qişloqlarda yurdim. Nurab ketgan devorini suvab qöymagan odamlarni ham kördim. Mablağ yöq deydi, loy bilan somonga mablağ ketmaydi-ku. Şunçalikka borib qoldikmi, deb qöyaman. Hozir öğirlikdan, birovning haqqidan qörqmaydigan odamlar köpayyapti.
— Prezidentimiz Şavkat Mirziyeyov haqida nimalar deya olasiz? Ijodkor sifatida u kişining faoliyatini qanday baholagan bölar edingiz?
— Islom Karimov davrida 13 yil vazir bölib işladi. U payt ham nopok odamlar bölgan prokuraturada, sudda. Lekin gapirolmagan u payt, mana, vaqti keldi, gapiryapti. Birovning haqini yeganlarning tanobini tortyapti sekin-sekin. Şavkat Miromonoviçning siyosatini qöllab-quvvatlayman men. Boşqasi kelganda, yaxşi bölib ketarmidi? Şunga şukr qilmaymizmi. Iymonni yöqotiş yomon. Mömin kişi sabr qiladi. Haromga, birovning haqiga qaramaymiz biz, çunki şunday tarbiya olganmiz.
— Erkin Komilov. Özbekiston xalq artisti. «Mehnat şuhrati», «Fidokorona xizmatlari uçun» ordenlari sohibi. Ijodda ma’lum bir çöqqini zabt etişga erişgan inson bundan keyin sahnada va hayotda nimaning orzusi bilan yaşayapti?
— Orzu boşqa, hayot boşqa. Niyatlar, umidlar bor. Qaçonki inson yer yuzidan ketar ekan, umid ham özi bilan ketadi. Siz tirikmisiz, demak, hayotdan umidingiz bor. Xudo umr bersa, soğliq bersa, qiladigan işlarimiz köp. El nazaridan qolmasdan, yaxşi-yaxşi rollar bilan xalqimizning tilidan, dilidan joy olişga harakat qilamiz.
Maqsuda Abduqayumova suhbatlaşdi.
Tasvirçi va montaj ustasi: Mirvohid Mirrahimov.