Ukrainada urushning 353-kuni o‘tdi. Asosiy ma’lumotlar:

  • «Komsomolskaya pravda» jurnalisti Vladimir Romanenko nashr saytida urushga qarshi materiallar joylashtirdi. Romanenko hukumatni tanqid qiluvchi matnlarni urush boshlanganining bir yilligi munosabati bilan e’lon qilganini aytgan va o‘z harakatini «aybni yuvish» deb atagan. Materiallar saytdan zudlik bilan o‘chirib yuborilgan.
  • Ukraina qurolli kuchlari bosh qo‘mondoni Valeriy Zalujniy Rossiya qo‘shini urush boshidan buyon ilk bor dronlarning yangi tipini qo‘llagani haqida aytdi — bu dengizda suv yuzasida harakatlanuvchi apparatlar. Avvalroq Rossiya tarafdori bo‘lgan harbiy telegram-kanallar bunday qayiq-dronlar Odessa oblastidagi Zatoke ko‘prigiga hujum qilgani aks etgan videoni tarqatgandi.
  • Putin Qrim ko‘prigidagi yong‘inni o‘chirishda qatnashgan o‘t o‘chiruvchilar hamda portlash vaqtida Kerch bo‘g‘ozidagi ko‘prik bo‘ylab harakatlangan yuk poyezdi mashinistlarini orden va medallar bilan taqdirladi.
  • Ukraina xavfsizlik xizmati RF Tergov qo‘mitasi rahbari Aleksandr Bastrikinga sirtdan ayblov e’lon qildi. UXX versiyasiga ko‘ra, Bastrikin Rossiyaning qurolli tajovuzi va Ukraina janubi hamda sharqidagi oblastlar hududlarini egallab olishini oshkora oqlagan, shuningdek bosib olingan hududlarda qatag‘onlar uyushtirilishiga hissa qo‘shgan.
  • Belgorod oblasti rahbari Ukraina bilan chegaradosh rayonlardagi aholi yashash manzillari o‘qqa tutilgani, Shebekino shahrida uch kishi jabrlanganini ma’lum qildi. Kursk oblasti rahbari Sudjanskiy rayonidagi Guyevo qishlog‘iga zarbalar kelishi oqibatida bir kishi halok bo‘lib, bir kishi yaralangani haqida xabar bergan.

Kun kadri. Vuhledar atrofida yakson etilgan Rossiya zirhli texnikalari kolonnasi 

Suratdagi holat 2023 yil fevralida Ukraina armiyasi tomonidan tasvirga olingan — aniq sana ko‘rsatilmagan. Ukrain harbiylarining tasdiqlashicha, fotosuratda Rossiyaning yakson etilgan va shikastlangan tanklari aks etgan — kolonna Vuhledarga hujum qilishga urinish chog‘ida zarbaga uchragan.
Ukrainian Armed Forces / AP / Scanpix / LETA

9 fevral kuni Ukrainadagi qator telegram-kanallar, shuningdek «Vagner» XHK bilan aloqador hisoblangan Grey Zone