Ikki yil oldin Jizzax viloyati, Yangiobod tumanida böri söygan fuqaro jazoga tortildi. Bu haqda Tabiat resurslari vazirligi xabar berdi.

Qayd etilişiça, ijtimoiy tarmoqlarda Jizzax viloyati, Yangiobod tumanida yaşovçi fuqaro tomonidan börining söyilişi aks etgan suratlar tarqalgan. Şundan söng, Tabiat resurslari vazirligi Jizzax viloyati boşqarmasi ekologik inspeksiyasi tomonidan örganiş olib borilgan. Natijada, uşbu voqea 2 yil oldin sodir bölgani aniqlangan.

Holat yuzasidan fuqaroga nisbatan Ma’muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksning 90-moddasi, 1-qismiga asosan ma’muriy bayonnoma rasmiylaştirilib, 3 mln söm miqdorida jarima jazosi qöllanilgan.