AQŞ prezidenti Jo Bayden ma’muriyati yaqinda Qöşma Ştatlar osmonida bir qator havo obektlari paydo bölişi munosabati bilan idoralararo guruh tuzadi. Bu haqda 13 fevral, duşanba kuni Oq uyda ma’lum qilindi.

"Bugun Prezident özining milliy xavfsizlik böyiça maslahatçisi (Jyeyk Sallivan) orqali idoralararo guruhga Qöşma Ştatlar xavfsizligiga xavf tuğdiruvçi noma’lum havo obektlarini aniqlaş, tahlil qiliş va yöq qiliş bilan boğliq jihatlarning kengroq röyxatini örganişni topşirdi", dedi Oq uydagi Milliy xavfsizlik kengaşining strategik aloqalar böyiça koordinatori Jon Kirbi brifingda.

Uning aniqlik kiritişiça, milliy xavfsizlik guruhining vazifasi «bu masalani idoralararo sa’y-harakatlar nuqtayi nazaridan çuqurroq örganiş va yana qanday yaxşilanişlar kerakligini köriş».

Guruh tarkibiga «hukumatning barça elementlari» kiradi hamda zondlar va boşqa samolyotlarning xususiy işlab çiqaruvçilari bilan hamkorlik qiladi.

Bundan taşqari, rasmiylar havo hududi monitoringini kuçaytiradi, ittifoqçilar bilan maslahatlaşuvlarni davom ettiradi, şuningdek, AQŞ Kongressi va gubernatorlari bilan aloqalarni davom ettiradi.

4 fevraldan beri AQŞ Şimoliy Amerika ustidan törtta obektni urib tuşirdi. Uçta holatda gap parçalari örganilayotgan noma’lum obektlar haqida ketgan. Bundan taşqari, Vaşington Xitoy razvedka zondi deb hisoblagan apparat ham urib tuşirildi.