Bişkekdagi Pervomayskiy rayon sudi Qirğizistonning sobiq prezidenti Almazbek Atambayevga davolaniş uçun mamlakatdan taşqariga çiqişga ruxsat berdi. Bu haqda «Ozodlik Radiosi» qirğiz xizmati xabar bermoqda.
TASS agentligi xabariga köra, Atambayevni axloq tuzatiş koloniyasidan ozod qilişgan: bu haqda naşrga respublika sobiq prezidentining oilasi xabar qilgan. Bu ma’lumotni «Sotsial-demokratlar» partiyasi raisi Temirlan Sultanbekov ham tasdiqladi: uning aniqlik kiritişiça, «sobiq prezident Almazbek Atambayev ikkita muhim jarrohlik amaliyotidan ötişi kerak, şundan keyin u davolaniş va tiklaniş kurslarini ötaşi kerak böladi». «Ozodlik» hozirça siyosatçi ozodlikka qöyib yuborilganini tasdiqlamagan: naşr ma’lumotiga köra, Atambayev hamon koloniya devorlari ortida qolmoqda.
2022 yil iyunida Bişkek sudi Atambayev va boşqa figurantlarni 2020 yil oktyabrida sodir bölgan ommaviy tartibsizliklar (Jinoyat kodeksining 278-moddasi) işi böyiça ularning harakatlarida «jinoyat tarkibi yöqligi» sababli oqlagandi. Atambayev sud jarayonini «sirk» deb atagan va unda iştirok etişdan boş tortgan, «sönggi sözni ozodlikka çiqqanidan keyin aytişi»ni bildirgandi.
2022 yil avgustida Atambayevning tarafdorlari uning davolaniş uçun Moskvaga borişiga ruxsat berişni söragandi.
2023 yil 14 fevral kuni Qirğiziston Oliy sudi sudyalari hay’ati yopiq yiğilişda Atambayevning işini qayta körib çiqiş uçun yuborişga qaror qilgan. Qarorda mamlakatning sobiq prezidenti advokatlarining jinoyat işi böyiça iş yuritişni yangi oçilgan holatlar böyiça qayta boşlaş töğrisidagi iltimosnomasi qanoatlantirilgan.
Şuningdek sudlov hay’ati Oliy sudning Atambayevga nisbatan 2021 yil 12 oktyabr va 2022 yil 15 martida çiqargan qarorlarini bekor qilgan.
- Almazbek Atambayev 2011 — 2017 yillarda Qirğiziston prezidenti bölgan. 2019 yilda u korrupsiya va noqonuniy boylik orttirişda ayblanib, undan daxlsizlik huquqi olib taşlangan. Sobiq prezidentni qölga oliş uçun huquq-tartibot organlari xodimlari Atambayevning Qöy-Toş qişloğidagi qarorgohini şturm qilişga töğri kelgan — uning tarafdorlari qarşilik körsatgan.
- Qirğizistonda 2020 yil 5 oktyabr kuni parlamentning quyi palatasi uçun saylovlar natijalari e’lon qilinişi ortidan ommaviy mitinglar boşlanib, tartibsizliklarga aylanib ketgandi. Qirğiziston parlamenti va prezident ma’muriyati joylaşgan Oq uy binosi va hududi egallangaç, namoyişçilarning bir qismi Milliy xavfsizlik davlat qömitasi binosiga yöl olgandi. Davlat qömitasi rahbariyati bilan ötkazilgan muzokaralardan söng 2019 yil avgustidan buyon qömita tergov izolyatorida hibsda saqlanayotgan Atambayev ozodlikka çiqarib yuborilgandi. 10 oktyabr kuni uni yana qölga olişadi.












