Kun.uz muxbiri Sardorbek Usmoniy Turkiyaning ziziladan zarar körgan Islohiya şahrida bölib turibdi. 

Ğoziantep viloyatidagi Islohiya şahri ham bir hafta muqaddam röy bergan mudhiş zilzilalardan jiddiy zarar körgan şaharlardan biri bölib turibdi. Vayron bölgan binolar, vayronalar ostida qurbon bölganlar ham bor.

Mahalliy aholi çodirlarda yaşab, köçada olov yoqib isinmoqda. Ularga volontyorlar tarafidan issiq ovqat, boşqa oziq-ovqatlar, kiyim keçak va yopinğiçlar tarqatilmoqda.

Qayd etib ötiş kerak, Turkiyadagi halokat zonasida afterşok deb ataluvçi takroriy zilzilalar tez-tez röy berib turibdi. Magnitudasi 4 balldan ziyod bölgan zilzilalar kuniga 12-14 martagaça qaytalanmoqda. Kun.uz muxbirining xabar berişiça, sezilarli zilzila Islohiyada keça tunda ham röy bergan.

Kun.uz muxbiri ertaga zilzila öçoqlaridan biri bölgan Qahramonmaraş şahridan reportajlar uyuştiradi.