Joriy yilning 9-14-fevral kunlarida Energetika vazirligi huzuridagi «Özenergoinspeksiya» va huquqni muhofaza qiluvçi organlar bilan hamkorlikda Buxoro viloyatida ötkazilgan nazorat tadbirlarida 66 ta holatda 3,6 mln kVt⋅soat miqdoridagi elektr energiyasidan noqonuniy foydalaniş holatlari aniqlandi.

Keltirilgan zarar miqdori 1,7 mlrd sömga baholanmoqda – uşbu hajmdagi elektr energiyasi örtaça 18 mingta xonadonning bir oylik iste’molini taşkil qiladi.

Xususan, Ğijduvon tumanida joylaşgan «Mirzayon zamini sardori» fermer xöjaligi elektr tarmoğiga özboşimçalik bilan ulanişi natijasida 428 mln söm zarar keltirgan.

Buxoro şahar, «Havzi Nav» MFY, «Beruniy» köçasi, 52-uyda istiqomat qiluvçi fuqaro N.Y. ga tegişli mayning qurilmalarini elektr tarmoğiga özboşimçalik bilan ulanişi orqali yetkazilgan zarar miqdori 321 mln sömni taşkil etgan.

Yana bir holatda Şofirkon tumanida fuqaro U.I. ga tegişli qum tarkibidan rangli metall ajratiş uskunasi elektr tarmoğiga noqonuniy ravişda, özboşimçalik bilan ulanişi natijasida 134 mln söm qayta hisob-kitob amalga oşirilgan.

«Elektr energiyasidan noqonuniy foydalangan iste’molçilarning elektr qurilmalari tarmoqdan ajratilib, holat böyiça rasmiylaştirilgan hujjatlar huquqni muhofaza qiluvçi organlarga yuborilmoqda. Hududlarda nazorat tadbirlari davom ettirilmoqda», deyiladi Energetika vazirligi xabarida.