8 mlrddan oşgan insoniyatni töydiriş uçun dunyo supermarket rastalarida katta va yaltirab, iştahani oçib turadigan meva va sabzavotlar köpayib boryapti. Biroq tadqiqotlarga köra, bunday meva va sabzavotlar tarkibidagi ozuqaviy moddalar 70 yil oldingilaridan 38 foizgaça kamaygan.
Taqçillaşgan oziq moddalari
Dehqonçilik mahsulotlari tarkibidagi oziq moddalarning kamayişi haqidagi ilk yirik tadqiqotlardan birini 2004 yilda Texas universiteti olimlari örganişgan. Ular 43 xil ekinni 1950 va 1999 yillarda yiğilgan USDA ozuqaviy moddalar ma’lumotlari bilan taqqoslaşgan. Tanlab olingan ekinlarda 13 xil ozuqaviy modda miqdori özgargani aniqlangan.
Jumladan, B2 vitamini — 38 foiz, kalsiy — 16 foiz, temir moddasi — 15 foiz, fosfor — 9 foiz, protein — 6 foizgaça kamaygani qayd etilgan. Xususan, brokkoli, karam, xantalda kalsiy; bodring va şolğomda temir moddasi; C vitamini miqdori esa turli kökatlarda qisqargan.
Foods jurnalining 2022 yil yanvar sonida çiqqan tadqiqotlarda ham şunday holat kuzatilgan. Avstraliyada yetiştirilgan şirin makkajöxori, qizil kartoşka, gulkaram, yaşil loviya, yaşil nöxat va nöxatlarda temir moddasi 30 foizdan 50 foizgaça kamaygan.
Scientific Repors jurnalining 2020 yilgi sonidagi tadqiqotda esa don mahsulotlaridagi oziq moddalar kamaygani isbotlangan. Buğdoy tarkibidagi protein miqdori 1955 yildan 2016 yilgaça 23 foizgaça pasaygan bölsa, marganets, temir, rux va magniyda ham sezilarli pasayiş kuzatilgan.
Oziq moddalarning kamayişi kimga qanday ta’sir qiladi?
Dunyo olimlari odamlarni köproq höl meva va sabzavotlar iste’moliga çaqirayotgan bir paytda, mahsulotlarning tobora töyimsiz bölib borayotgani taşvişli holat.
















