Dam oliş kunlari Özbekiston böyiça asosan yoğingarçilik kutilmaydi. Bu haqda «Özgidromet» matbuot xizmati xabar bermoqda.
Respublika hududining katta qismida juma kuni kunduzi yomğir yoğişi davom etadi. Qoraqalpoğiston va Xorazm viloyatida biroz yoğingarçilik faqat ayrim joylarda bölişi mumkin. Buxoro va Navoiy viloyatlarida kuçsiz yomğir faqat ertalab yoğadi. Havo harorati +5…+10 daraja iliq, şimolda 0…+5 daraja iliq atrofida böladi.
Poytaxtda esa vaqti-vaqti bilan yomğir yoğadi, dam oliş kuni yoğingarçilik kutilmaydi. Keçasi va ertalab tuman tuşişi mumkin. Harorat keçasi 0…+3 daraja iliq, kunduzi şanba kuni +8…+10 iliq, yakşanba kuni +10…+12 daraja iliq böladi.
Şanba kuni respublika hududining katta qismida yoğingarçilik töxtaydi, faqat respublika janubi-şarqiy hududlarining ba’zi joylarida biroz yomğir yoğadi. Yakşanba kuni Özbekistonning barça hududlarida yoğingarçiliksiz ob-havo bölişi kutilmoqda. Respublika böyiça ba’zi joylarga tuman tuşişi kuzatiladi.
Havo harorati keçasi 0…+5 daraja iliq atrofida, ba’zi joylarda –2 daraja sovuq bölişi mumkin, kunduz kuni esa havo +7…+12 darajagaça isiydi.
Respublikaning toğoldi va toğli hududlarida 17−18 fevral kunlari sel-suv toşqin hodisalari yuzaga kelişi mumkin. Toğli hududlarda dam oliş kunlari qor köçişi xavfi saqlanib turadi.












