Moldovada yangi hukumat tuzildi. Unga prezident Mayya Sanduning xavfsizlik böyiça sobiq maslahatçisi Dorin Reçan rahbarlik qiladi. 16 fevral kuni yangi boş vazir nomzodini mamlakatdagi hukmron, prezidentga xayrixoh «Harakat va adolat» partiyasi (Partidul «Actiunea si solidaritate» - PAS) deputatlari qöllab-quvvatladi. Reçan 101 ovozdan 62 ta ovoz oldi. Kommunistlar va sotsialistlar bloki (KSB) fraksiyalari va «Şor» partiyasi ovoz berişda qatnaşmadi. Muxolifat odamlarni parlament binosi oldiga namoyişga olib keldi. Reçandan oldingi vazirlar mahkamasi raisi Natalya Gavrilitsa 10 fevral kuni iste’foga çiqişini e’lon qildi.

Parlament yiğilişida öz dasturini taqdim etar ekan, Reçan hukumatning ustuvor yönalişlarini e’lon qildi. Bu adliya va ta’lim sohasidagi islohotlarni davom ettiriş, davlat hokimiyati tuzilmalarida tartibni mustahkamlaş, Yevropa Ittifoqiga qöşiliş böyiça muzokaralarni boşlaş va Yevropa integratsiyasi jarayonini tezlaştirişdir. Yangi vazirlar mahkamasining yana bir ustuvor yönalişi - mamlakatda tinçlik va osoyiştalikni saqlaş.

«Biz notinç zamonda yaşayapmiz va barça qiyinçiliklarni birgalikda yengişimiz, mudofaa qobiliyatimizni kuçaytirişimiz va jamoat tartibini ta’minlaşimiz kerak», dedi Reçan.

Dorin Reçan yaqin vaqtgaça prezident Mayya Sanduning mudofaa va milliy xavfsizlik masalalari böyiça maslahatçisi, mamlakat Oliy xavfsizlik kengaşi kotibi bölib işlagan. 2012 yildan 2015 yilgaça u mamlakatning içki işlar vaziri bölgan.

Hukumatning yangi tarkibi avvalgisiga nisbatan unçalik özgarmadi. 13 nafar vazirdan 11 nafari öz lavozimini saqlab qoldi. Iqtisodiy rivojlaniş va raqamlaştiriş vaziri Dumitru Alayba va qişloq xöjaligi vaziri Vladimir Bolya boş vazir örinbosari lavozimiga kötarildi.

Reçandan oldingi boş vazir Natalya Gavrilitsa 10 fevral kuni iste’foga çiqişini e’lon qildi. U Kişinyovdagi matbuot anjumanida: «agar Moldova hukumati öz uyida YeIda, Bryusselda bölgani kabi qöllab-quvvatlaganida edi, biz bundan ham köproq narsaga erişgan bölardik», dedi. Sobiq boş vazir sözlariga köra, uning hukumatining asosiy yutuği - Moldova YeIga nomzod maqomiga ega bölişi.

Iste’fo sabablari haqida na uning özi, na hokimiyatning boşqa vakillari rasmiy bayonot bermagan. Gavrilitsa vazirlar mahkamasini 2021 yil avgustidan beri boşqarib kelgan.