Prezident Şavkat Mirziyoyev Şofirkon tumanidagi “Buxara Azteks” tikuvçilik korxonasi faoliyati bilan tanişdi.

Ilgari bu tumanda sanoat umuman yöq edi. Qişloq xöjaligidagi yangilanişlar, klaster tizimi natijasida bu yerda ham sanoat paydo böldi. Hozir birgina paxtadan ip, kalava, mato, tayyor kiyimlar, çigitdan yoğ, sovun, ozuqa va boşqa önlab mahsulotlar işlab çiqarilmoqda.

“Buxara Azteks” ana şunday zamonaviy korxonalardan. Bu yerda paxta yetiştiriş va uni çuqur qayta işlaşning töliq zanjiri yölga qöyilgan. Şu bois mahalliylaştiriş darajasi 100 foizga yetgan.

Loyihaning qiymati 8,7 million dollar. Uskunalar Yaponiya, Germaniya va Turkiyadan keltirib örnatilgan. Ming nafardan ortiq kişi iş bilan ta’minlangan.

Korxonada yiliga 16 million dona tayyor tikuvçilik mahsulotlari işlab çiqariladi. Ularning 50 foizini xorijga eksport qiliş möljallangan.

Davlat rahbari korxonada tayyorlanayotgan mahsulotlar sifatini közdan keçirdi, işçilar bilan muloqot qildi.

Yana bir muhim jihati, korxona tomiga quyoş panellari örnatilgan. Prezident bu kabi zamonaviy korxonalarni köpaytiriş, aholi bandligini ta’minlaş yuzasidan mutasaddilarga körsatma berdi.