Davlat naşrlari harbiy manbaga asoslangan holda vaqt yarim tundan ötganda Isroil poytaxtning bir qança tumanlariga aviazarbalar bergani, natijada beş kişi halok bölgani, ulardan biri harbiyligi haqida xabar bergan. Xabarlarga köra, yana 15 kişi yaralangan.

Zarba oqibatida Damaşqning tarixiy markazida joylaşgan Ummaviylar masjidi yaqinidagi aholi ziç yaşovçi Kafr Souza tumanida bir neça binolar şikastlangan.

Arxiv foto

Bu hududda maxsus xizmatlarning yaxşi qöriqlanadigan katta majmuasi joylaşgan. Reuters xabariga köra, harbiylar yaşovçi köp qavatli bino aholi uylari örtasida joylaşgan.

Isroillik harbiylar Reuters agentligiga bu hodisa böyiça izoh berişni istamagan. Isroil Suriyada Eron va «Hizbulloh» bilan aloqador bölgan nişonlarga tez-tez hujum qilib turadi, ammo doim ham javobgarlikni zimmasiga olmaydi.

Yakşanba kungi hujum 12 kun muqaddam mamlakat şimoli-ğarbida va qöşni Turkiya janubi-şarqida sodir bölgan 7,8 magnitudali vayronkor zilziladan buyon birinçisi böldi.

Suriya rasmiy şaxslariga köra, mahalliy vaqt bilan soat 00:22 da berilgan zarbalar Damaşq taşqarisidagi bir qança uylarga ham şikast yetkazgan. Mamlakat mudofaa vazirligiga köra, raketalar 1981 yilda Isroil tomonidan annexia qilingan Jölan tepaliklaridan uçirilgan.

2008 yil fevralida Kafr Souzada avtomobilga örnatilgan bomba portlatilişi oqibatida «Hizbulloh» yetakçilaridan biri Imad Mugniye halok bölgandi.

Eron sönggi yillarda Suriyadagi harbiy mavjudligini oşirdi va davlat nazoratidagi köplab hududlarda mustahkam joylaşdi - Reuters ğarb davlatlari razvedkalaridagi manbalarga tayanib yozişiça, bu hududlarda Eronga böysunuvçi minglab köngilli jangçilar va mahalliy harbiy tuzilmalar harakatlanadi.

Suriya prezidenti Başar Asadning hukumati heç qaçon mamlakatdagi fuqarolik uruşida Eron kuçlari uning nomidan harakatlanişini tan olmagan, şu bilan birga Erondan harbiy maslahatçilar borligini tan olgan.