Kun.uz’ internet saytida «Qumqörğondagi abgor yöl va qurilişi çala poliklinika: 35 yillik muammo nihoyat barham topadimi?» sarlavhasi ostida Qumqörğon tumanida istiqomat qiluvçi bir guruh oqsoqollarning murojaati e’lon qilingan edi. Surxondaryo viloyat hokimligi uşbu murojaatga rasmiy munosabat bildirdi.

Videomurojaatda Qumqörğon tumanidagi 4R-105 yölini asfaltlaştiriş hamda mahalla oilaviy poliklinikasi qurilişi çala taşlab ketilgani böyiça fuqarolarning e’tirozlari keltirilgan.

Vazirlar Mahkamasining «2019-2022 yillarda Surxondaryo viloyatining Qumqörğon tumanini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantiriş çora-tadbirlari töğrisida» 2019 yil 15 oktyabrdagi 871-sonli qaroriga asosan tuman hududidan ötuvçi davlat ahamiyatidagi avtomobil yöllari, jumladan, murojaatda keltirilgan 4R-105 «Darband q.–Boysun–Elbayon q.» avtomobil yölining 70–79 km oraliği hamda 79–80 kmdagi ta’mirtalab qismlarini joriy ta’mirlaş işlari amalga oşirilgan.

Murojaatda keltirilgan 4R-105 «Darband q.–Boysun–Elbayon q.» avtomobil yölining 85–89 km oraliğidagi 4 km qismini ta’mirlaş işlari Osiyo taraqqiyot banki tomonidan moliyalaştiriladigan Xalqaro va davlat ahamiyatidagi yöllarni ta’mirlaş dasturiga kiritilgan bölib, dastur moliyalaştirilgandan söng yöllarda ta’mirlaş işlari olib borilişi rejalaştirilgan.

Şuningdek, Qumqörğon tumani Çökirli mahallasida joylaşgan 36-sonli Oilaviy poliklinika binosi 1960 yilda qurilgan bölib, Davlat arxitektura-quriliş nazorat inspeksiyasi xulosasiga köra bino foydalanişga yaroqsiz, deb topilgan.

Şu sababli 2018 yilda 36-sonli Oilaviy poliklinika uçun yangi bino quriş böyiça loyiha-smeta hujjatlari tasdiqlanib, umumiy qiymati 1 mlrd 982 mln söm bölgan quriliş işlari bajarilgan.