AQŞ prezidenti Jo Baydenning Kiyevga taşrifi arafasida Amerika hukumati «ikki yadroviy davlat örtasida töğridan töğri töqnaşuvga olib kelişi mumkin bölgan har qanday xatolikning oldini oliş» uçun Rossiya tomoni bilan boğlangan. Bu haqda Associated Press agentligi xabar bermoqda.

Naşrning Oq uydagi muxbiri Zik Millerning sözlariga köra, Bayden ma’muriyatidagilar «ruslar bilan tegişli muloqot ötkazilgani»ni xabar qilgan. U boşqa tafsilotlarni keltirmagan.

AP ma’lumotiga köra, Bayden Kiyevda bölib turganida şahar ustidagi havo kengligi Polşa hududida turgan Amerika razvedkaçi samolyotlari tomonidan kuzatib turilgan.

AP va CNN Baydenning Ukrainaga taşrifining boşqa tafsilotlarini ham keltirdi. Unga köra, AQŞ prezidenti 19 fevral kuni ertalabki soat 4 dan ötganda Vaşington yaqinidagi Endryus aviabazasidan uçgan. U Ukrainaga yöl olişidan oldin Germaniyadagi Ramşteyn aviabazasida töxtagan. Bayden Kiyevga 20 fevral kuni ertalab soat 8 atrofida kelgan va Ukraina poytaxtida beş soatdan ortiqroq vaqt ötkazgan.

AP va CNN xabariga köra, Baydenning Kiyevga boriş rejasidan Oq uyning tor doiradagi xodimlarigina xabardor bölişgan. U bilan birga milliy xavfsizlik masalalari böyiça maslahatçisi Jyeyk Sallivan, Oq uy apparati rahbari örinbosari Jyen ÖMelli Dillon, şaxsiy yordamçi Enni Tomasini va ikki jurnalist uçişgan, ularga samolyot bortiga yozib oluvçi moslamalarini olib çiqiş taqiqlangan.

Kiyevda Jo Bayden ukrainlar yetakçisi Volodimir Zelenskiy bilan muzokaralar ötkazdi. AQŞ prezidenti Ukrainaga 500 million dollar miqdoridagi yangi harbiy yordam paketi haqida e’lon qildi va Rossiya prezidenti Vladimir Putin bosqin avvalida «Ukrainani zaif, Ğarbni esa bölingan» deb öylab, «qattiq xato qilgani»ni aytib ötdi.

Zelenskiy Bayden bilan muzokaralarni «samarali» va «juda muhim» deb atadi. «Bu taşrif natijalari albatta közga taşlanadi, bu taşrif hududlarimizni ozod qilişda jang maydonidagi vaziyatga öz ta’sirini ötkazişi şubhasiz», — dedi ukrainlar prezidenti.

Baydenning taşrifi AQŞ prezidenti sönggi 15 yil içida ilk bor uşbu mamlakatga kelişi böldi. Kiyevga 2008 yilda kiçik Jorj Buş kelgandi. Şu bilan birga, Baydenning özi muqaddam Barak Obama ma’muriyatida vitse-prezident ekanida Kiyevga olti bor kelgan.

2022 yil dekabrida Volodimir Zelenskiy keng kölamli bosqin boşlanganidan buyon ilk xorijiy safarini AQŞga amalga oşirgandi. Vaşingtonda Zelenskiy Bayden bilan uçraşgan va Kongress qarşisida çiqiş qilgandi.