Özbekiston Respublikasi prezidenti Şavkat Mirziyoyev rasmiy taşrif bilan Qohira şahriga keldi.


Misr poytaxtining xalqaro aeroportida davlatimiz rahbarining taşrifi munosabati bilan ikki mamlakat bayroqlari kötarildi, faxriy qorovul saf tortdi.

Özbekiston yetakçisini Misr Arab Respublikasi prezidenti Abdulfattoh as-Sisi kutib oldi va samimiy qutladi. Davlat rahbarlarining qisqa uçraşuvi bölib ötdi.

Bugun davlatimiz rahbari Qohirada buyuk alloma bobomiz Ahmad Farğoniy tomonidan barpo etilgan “Miqyosi Nil” inşootiga taşrif buyuradi va Misr sivilizatsiyasi milliy muzeyi bilan tanişadi. Uşbu mamlakat yetakçi kompaniyalari va moliyaviy tuzilmalari rahbarlari bilan uçraşuv ötkaziladi.

Taşrifning asosiy tadbirlari, şu jumladan oliy darajadagi muzokaralar ertaga, 21 fevral kuniga möljallangan.












