Fojia 21 fevral kuni soat 20:00 atrofida sodir bölgan. Bu haqda Fontanka xabar berdi. 

Quriliş maydonçasi qöriqçisi obektni közdan keçirayotganida şovqin-suronni eşitgan. Söngra yerga qulab tuşgan havozani körib qolgan. Uning içida bölgan 20 yoşli Özbekiston fuqarosi va Tojikistonda tuğilgan 18 yoşli yigit halok bölgan. 

Leningrad oblasti prokuraturasi mehnatni muhofaza qiliş qonunçiligiga rioya etilişi böyiça tekşiruv boşlagan. 

«Tekşiruv davomida hodisaning barça holatlariga baho beriladi, agar asoslar mavjud bölsa, prokuror tomonidan javob çoralari köriladi», deyiladi nazorat organi matbuot xizmati xabarida.