Dunyo tobora raqamli makonga ötmoqda. Ayniqsa, pandemiyadan keyingi davrda raqamlaştiriş juda ham muhim ahamiyat kasb eta boşladi. Turli funksiyalar, vazifalar va faoliyatlar allaqaçon inson qobiliyatidan yuqori darajada amalga oşirilişi mumkin. Ijtimoiy tarmoqlar, qidiruv va tavsiya tizimlari inson qiziqişlariga moslaşişni örgandi. Bular sun’iy intellekt texnologiyalariga asoslangan xizmatlardir. Foydalanuvçilarni mamnun qiliş istagi tomoşabinlar e’tiborini monetizatsiya qiladigan tijorat platformalari uçun tabiiy jarayondir. Öz oldiga inson miyasi bajara oladigan hamma narsani qiluvçi sun’iy intellekt tizimini yaratiş maqsadini qöygan Open AI kompaniyasi tomonidan yaratilgan ChatGPT çatboti mutaxassislar tomonidan global inqilobiy yangilik sifatida e’tirof etilmoqda.

ChatGPT nima?

ChatGPT (Generative Pre-trained Transformer) – sun’iy intellektga asoslangan çat bot bölib, turli savollarga javob beriş va odamlar bilan muloqot qiliş imkoniyatiga ega. Bot har qanday mavzudagi suhbatni qöllab-quvvatlaydi va har xil savollarga öta aniqlik bilan javob qaytaradi.

Ilon Mask, Piter Til va boşqa bir qança investorlar 2015 yilda notijorat taşkilot sifatida ChatGPT yaratilişi ortida turgan Open AI kompaniyasiga asos soldi. Dastlab, kompaniya öz oldiga sun’iy intellektni “butun insoniyatga foyda keltirişi mumkin bölgan tarzda” rivojlantiriş maqsadini qöyadi. 2018 yilda Ilon Mask Tesla va Open AI örtasidagi manfaatlar töqnaşuvi tufayli direktorlar kengaşini tark etadi. 2019 yildan kompaniya notijorat taşkilotdan “çeklangan foyda” keltiruvçi birlaşmaga aylanadi. Öşa yili Microsoft Open AI’ga 1 milliard dollar sarmoya kiritadi va ikki tomonlama hamkorlikni e’lon qiladi. Şundan söng yaxşi moliyaviy imkoniyatlarga ega böla boşlagan kompaniya yanada rivojlanadi.

ChatGPT çat boti 2022 yilning 30 noyabr kuni Open AI kompaniyasi tomonidan işga tuşirildi va bir qança qulayliklarga egaligi tufayli foydalanuvçilar orasida tezda ommaviylaşib ketdi. 2022 yil 4 dekabrga kelib ChatGPT bir milliondan ortiq foydalanuvçiga ega böldi. Taqqoslaş uçun, Netflix şunça foydalanuvçini 3,5 yilda, Facebook 10 oyda, Spotify 5 oyda, Instagram 2,5 oyda yiğa olgan. 2023 yil yanvar oyiga kelib esa ChatGPT foydalanuvçilari soni 100 milliondan oşdi.

Kuçli tomonlari

  • bepul va foydalaniş oson;
  • ma’lumotni tez sintez qiladi;
  • köp manbalardan olingan natijalarni umumlaştirib, vaqtni tejaydi;
  • javoblar yaxşi yoziladi va öqiş qulay;
  • ChatGPT modeli doimiy ravişda takomillaştiriladi va yangilanadi, ya’ni vaqt ötişi bilan u yanada kuçliroq va samaraliroq bölişi mumkin.