Özbekistonning «Navoiyuran» davlat korxonasi 2023 yil mart oyidan boşlab, uran mahsulotini Hindistonga eksport qiladi. Bu haqda korxona matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilişiça, «Navoiyuran» Hindistonning Atom energiyasi departamenti (Department of Atomic Energy) bilan şu haqda kelişuvga erişgan. Hind departamenti vakillari korxonada bölib, işlab çiqariş va mahsulotni eksportga tayyorlaş jarayonlari bilan yaqindan tanişgan. Xususan, Hindistonga jönatiladigan tabiiy uran ham közdan keçirilib, uni işlab çiqariş jarayoniga ijobiy baho berilgan.
«Navoiyuran» ayni paytgaça Yaponiya, Kanada, AQŞ, Janubiy Koreya kabi davlatlarga uran eksport qilmoqda. Korxona tomonidan 2023-2026 yillar davomida «Itochu», «Marubeni», «Cameco», «KHNP» kabi jahonning yetakçi kompaniyalariga uran eksport qiliş böyiça tegişli şartnomalar imzolangan. 2022 yilda mahsulot eksporti 118,9 foizga bajarilib, ösiş sur’ati 2021 yilga nisbatan 110,2 foizni taşkil etgan.












