Ötgan hafta Toşkent viloyatida bir oilaning 7 nafar a’zosi ovqatdan zaharlanib, ulardan 4 nafari vafot etgani haqida avval xabar bergandik. Kun.uz muxbiri viloyatning Oqqörğon tumaniga borib, fojiali holat tafsilotlarini örgandi.

Ommaviy zaharlaniş holati tumanning «Birlik» MFYga qaraşli Oxunboboyev köçasidagi xonadonlardan birida sodir bölgan. Oila a’zolaridan 1961 yilda tuğilgan Z.A., 1978 yilda tuğilgan M.X., 1982 yilda tuğilgan S.X.lar voqea joyida vafot etgan. Oilaning omon qolgan a’zolari Oqqörğon tuman tibbiyot birlaşmasiga olib borilgan.

«17 fevral kuni soat 14:25 da tez yordamda ikki aka-uka olib kelindi. Biri 2002 yilda tuğilgan, ikkinçisi 2004 yilda. Oğir ahvolda edi. Zudlik bilan reanimatsiyaga yotqizdik va birinçi yordam körsatdik. Birinçi taxminiy taşxisimiz noma’lum genezisli zaharlaniş böldi. Qilgan harakatlarimizga qaramay, aka-ukalarning kiçkinasi bir soatda vafot etdi. Akasini bir kun saqladik va viloyatdagi şifokorlar bilan kelişib, RŞTYoIMga ötkazdik. Hozir öşa yerda jonlantiriş bölimida davolanyapti», – deydi tuman tibbiyot birlaşmasining şoşilinç bölimi mudiri Latif Qosimov.

Latif Qosimov

U yerda oilaning yana ikki a’zosi – 2011 yilda tuğilgan T.X. hamda 2021 yilda tuğilgan A.X.larga ham yordam körsatilgaç, öşa kuni RŞTYoIMning Toşkent viloyat filialiga ötkazilgan. Şifokorlarning aytişiça, hozirda bolalarning holati yaxşi.

Holat haqida xabar berilgaç, xonadonga oziq-ovqat mahsulotlaridan namunalar oliş uçun tuman sanitariya-epidemiologiya xizmati xodimlaridan iborat guruh ham yetib borgan.

«Dastlab borgan paytimizda 3 kişi vafot etganining guvohi böldik. Vakolat doiramizda şubha qilingan barça oziq-ovqat mahsulotlaridan qovurilgan baliq, moşxörda, oçilgan ikra, içilgan kompot hamda qöşimça işlatiladigan barça mahsulotlardan: quruq çoy, şakar, tuz, makaron, guruç, sosiska kabi mahsulotlardan olib, sanitariya-gigiyena laboratoriyasiga va bakteriologik tahlil bölimiga namunalar topşirdik», – deydi Oqqörğon tumani Sanitariya-epidemiologik osoyiştalik va jamoat salomatligi xizmati rahbari Zuhra Dostonova.