Qaror bilan iş beruvçilarga özini özi band qilgan şaxslarni kasanaçi sifatida jalb qilişga ruxsat berildi.

Şunga köra, özini özi band qilgan şaxslar şuğullanişi mumkin bölgan faoliyat (işlar, xizmatlar) turlari (19 ta) röyxati töldirildi.

2023 yil 1 martdan 2026 yil 1 yanvargaça 3 oydan köp 30 tadan ortiq kasanaçilarni jalb qilgan va u asosida işlab çiqargan mahsulotlardan olgan daromadi jami daromadining 60 foizidan köpni taşkil etgan tadbirkorlar uçun:

  • foyda va aylanmadan olinadigan soliqning soliq bazasi 50 foizga kamaytirilib hisoblanadi;
  • ayrim davlat mulkidan foydalanganlik uçun ijara tölovi 50 foiz miqdorda belgilanadi;
  • davlat xaridlari doirasida tuziladigan şartnomalarda buyurtmaçilar tomonidan 50 foiz oldindan tölov amalga oşiriladi.

“Usta-şogird” maktablar öquvçilari ijtimoiy soliqni özini özi band qilgan şaxslar uçun belgilangan tartibda tölaydi.

Kam ta’minlangan oilalarga bolalar puli va moddiy yordam berişda ularning kasanaçilik yoki qişloq xöjaligiga mavsumiy jalb qilingan 6 oygaça bölgan davrda olgan daromadlari inobatga olinmaydi.

Qarorga köra, Kasanaçilikni qöllab-quvvatlaş jamğarmasi taşkil etilib, 2023 yil 1 martdan Jamğarma hisobidan:

tadbirkorlarga har bir kasanaçining dastlabki 3 oy davomidagi  faoliyati uçun 1 oylik daromadi miqdorida bir martalik subsidiya ajratiladi;

tadbirkorlarga quyidagi subsidiyalar ajratiladi:

  • 2025 yil 1 yanvargaça kasanaçilik bilan şuğullanayotgan işsiz va iş qidirayotgan, ijtimoiy daftarlarga kiritilgan fuqarolarga asbob-uskunalar va xomaşyo xarid qiliş uçun BHMning 30 baravarigaça;
  • kasanaçilik asosida uyda işlayotgan nogironlarning iş joyini moslaştiriş uçun BHMning 40 baravarigaça;
  • kasanaçilarni kasb-hunarga öqitiş uçun BHMning 2 baravarigaça.

Hokim yordamçilari tavsiyasi asosida tadbirkorlarga aylanma mablağlarini töldiriş uçun:

  • har bir kasanaçi uçun 2 mln sömgaça, jami 300 mln sömgaça yillik 14 foiz, 6 oygaça imtiyozli davr bilan 3 yilgaça kredit ajratiladi;
  • Jamğarma hisobidan har bir kasanaçi uçun 1 mln sömgaça, jami 150 mln sömgaça 2 yilgaça muddatga foizsiz ssuda ajratiladi.