«Azimut» aviakompaniyasining Samarqand — Ufa yo‘nalishi bo‘ylab uchgan samolyoti texnik sabablarga ko‘ra «Samarqand» xalqaro aeroportiga qaytgan.

Toshkent vaqti bilan soat 12:00 da bortida 87 yo‘lovchi bo‘lgan AZO7040 reysi uchish aeroportiga kelib qo‘ndi.

Ayni damda yo‘lovchilar Samarqand aeroporti terminaliga joylashtirilgan.