Anjumanda Yengil atletika federatsiyasi boş kotibi Kamoliddin Rözimuhammedov, yoşlar siyosati va sport vaziri örinbosari Şahrillo Mahmudov, yoşlar işlari agentligi direktori örinbosari Dilnozaxon Kattaxonova va boşqalar sözga çiqib, OAV vakillari savollariga javob berişdi.
42 km masofaga klassik marafon, 21 km masofaga yarim marafon, şuningdek, 3 va 10 km masofaga ommaviy yuguriş musobaqalari ötkazilişi, ularda professional sportçilar bilan bir qatorda havaskorlar ham iştirok etişi mumkinligi ta’kidlandi.
Ma’lum qilinişiça, marafon va yarim marafon masofalarida 18 yoşga tölgan fuqarolar iştirok etişiga ruxsat beriladi, ikkita sönggi masofalarda iştirok etiş uçun yoş doirasi çeklanmagan.
Ğoliblar pul mukofotlari bilan taqdirlanadi. Umumiy mukofot jamğarmasi 259 mln 720 ming sömni taşkil qiladi.
42 km masofa uçun:
1-öringa — 30 mln söm
2-öringa – 20 mln söm
3-öringa — 15 mln söm
4-öringa – 10 mln söm
5-öringa – 8 mln söm
6-öringa – 5 mln söm
21 kmga yarim marafon uçun:
1-öringa — 20 mln söm
2-öringa — 15 mln söm
3-öringa — 12 mln söm
4-öringa — 8 mln söm
5-öringa — 6 mln söm
6-öringa – 4 mln söm
10 km masofaga yuguriş:
1-öringa – 6 mln söm
2-öringa – 4 mln söm
3-öringa — 2 mln söm
3 km masofaga yuguriş iştirokçilariga qimmatbaho sovğalar közda tutilgan.

E’tiborlisi, Toşkent marafoni tarixida ilk bor bolalar örtasida «Kids Run» ommaviy yuguriş musobaqasi ham taşkil etiladi. Musobaqa 11 mart kuni ötkazilişi rejalaştirilgan bölib, unda ikkita toifadagi: 2015 yil va 2011 yilgaça tuğilgan bolalar iştirok etişi mumkin. Ommaviy yuguriş poygasiga iştirokçilarni röyxatdan ötkaziş bepul. «Kids Run» ommaviy yuguriş poygasi skandinavça yuriş havaskorlari bilan birgalikda ötkaziladi. Bolalar masofasi 1 km, yuruvçilarning masofasi 3 kmni taşkil qiladi.














