Şanxay hamkorlik taşkiloti boş kotibi Raşid Alimov 17 dekabrda taşkilotning 15 yilligiga bağişlangan xalqaro marafonga start berdi. Musobaqalar Xitoyning Kunmin şahrida, Dyançi kölining xuşmanzara sohili böyida ötmoqda.
ŞHTga a'zo davlatlar elçilari va vakillari masofaning 200 metrini yugurib ötişgan. Ulardan har biri özining start beruvçi töpponçasidan musobaqalarning boşlanişiga ramziy signal berişgan.
Umumiy hisobda marafonda 15,6 mingga yaqin kişi iştirok etadi, ulardan aksariyati professional sportçilardir. Avval marafon taşkilotçilari ma'lum qilganidek, marafon ŞHTning geografik doiralaridan ança yiroqqa çiqib ketdi: unda sayyoramizning 4 ta qit'asidagi 23 ta davlatdan iştirokçilar qatnaşmoqda.
Musobaqalar doirasida 42, 21, 10, 5 va 1 km lik masofalarga yugurişlar ötkaziladi. 42 km lik töliq marafonni 2,8 mingdan köproq kişigina yugurib ötadi. Iştirokçilar orasida Keniya va Efiopiyadan jahon darajasidagi sportçilar, jumladan töliq marafonda eng yaxşi körsatkiçlardan birining egasi, keniyalik Jonston Mayo ham bor. Birinçi örin uçun mukofot 40 ming dollarni taşkil qiladi.
Iştirokçilar va tomoşabinlarning salomatligi ortidan 3,2 ming şifokor va bir neçta tez yordam brigadalari kuzatuv olib borişmoqda. Bundan taşqari, musobaqalarning ötkazilişiga minglab volontyorlar jalb qilingan. Xavfsizlikni 12 ming politsiyaçi ta'minlamoqda.
Ma'lumot uçun, ŞHTga 2001 yilda Özbekiston, Rossiya, Qozoğiston, Qirğiziston, Tojikiston va Xitoy yetakçilari tomonidan asos solingan. Ayni vaqtda unga 8 davlat: Özbekiston, Rossiya, Qozoğiston, Qirğiziston, Tojikiston, Xitoy, Pokiston va Hindiston a'zo, 4 ta davlat: Afğoniston, Belarus, Eron, Möğuliston kuzatuvçi davlat hisoblanadi.

















