Xorazm viloyati Qöşköpir tumanida Respublika ixtisoslaştirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi mutaxassislari boşçiligida ilk bor buyrak transplantatsiyasi amaliyoti ötkazildi. Bu haqda SSV matbuot xizmati xabar bermoqda.
Bemor Zafar Xaitboyevga surunkali glomerulonefritning aralaş turi, surunkali buyrak yetişmovçiligi terminal bosqiçi taşxisi qöyilgan. Ötgan yildan beri gemodializ muolajalarini olgan.
Zafar Xaitboyev Toşkent şahriga borib, murakkab operatsiya orqali soğaymoqçi bölgan. Poytaxtdagi Xirurgiya markazi jarrohlarining özi Qöşköpirga kelib, transplantatsiya amaliyotini ötkazgan.
Bemorga singlisi bir buyragini bergan. Yuqori texnologik muolaja muvaffaqiyatli ötgan. Hozir Zafarning ham, donorning ham ahvoli yaxşi, şifokorlar nazorati ostida salomatligi tiklanmoqda.

















