Huquq-tartibot idoralari Avtomobil yöllari qömitasi tarkibidagi “Özavtoyölbelgi” DUK faoliyatida noqonuniy holatlarni aniqladi, deya xabar bermoqda ÖzA.
Ma’lum qilinişiça, DUK mansabdor şaxslari 2021-2022 yillarda özlariga taniş bölgan 5 ta mahalliy MÇJ bilan jami 9 mlrd 193 mln sömlik 21 ta şartnoma tuzib, ulardan yöl belgilarini yasaş va çizişda foydalaniladigan mahsulotlarni erkin bozor narxlaridan qimmat narxlarda xarid qilib, 2 mlrd 701 mln söm miqdoridagi budjet mablağlarini talon-toroj qilgan bölişi mumkin.
Holat yuzasidan korzxona va 5 ta MÇJ mansabdor şaxslariga nisbatan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (Özlaştiriş yoki rastrata yöli bilan talon-toroj qiliş) bilan jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Ma’lumot uçun, 2017 yilda “Özavtoyölbelgi” korxonasiga istisno tariqasida mahalliy va xorijiy taşkilotlar bilan eng yaxşi taklif orqali mahsulotlarni sotib oliş töğrisidagi şartnomalarni tanlov savdolarini ötkazmasdan tuzişga ruxsat berilgan.

















