“Qoraqalpoğiston Respublikasi va Xorazm viloyatida joylaşgan umumiy örta ta’lim muassasalarida soğlom ovqatlantiriş tizimini yanada takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi hukumat qarori qabul qilindi.

Qoraqalpoğiston Respublikasi va Xorazm viloyatida tajriba tariqasida boşlanğiç sinf öquvçilariga budjet hisobidan bepul ovqat bilan ta’minlaş tizimi joriy etilgan.

Yuqoridagi hududlardagi maktablarda soğlom ovqatlantiriş tizimini keytering usulida taşkil etişga oid nizom tasdiqlandi. Nizomda keytering usulida xizmat körsatuvçi taşkilotlar tanlovini ötkaziş, hisob-kitob qiliş, taomlar ustidan nazorat qiliş tartibi belgilangan.

Öquvçilar maktabda bir kunda bir mahal ovqatlantiriladi. Ovqatlarni nazorat qiliş uçun maktablarda 5 kişilik (direktor, hamşira va ota-onalar vakillari) maxsus komissiya tuziladi. Kundalik taomnoma röyxati kundalik.com platformasi orqali yuritiladi.

Keytering – hududlarda masofaviy usulda umumiy ovqatlaniş xizmatlarini körsatiş orqali ovqatlanişni şartnoma asosida taşkil etiş, ovqatlarni tayyorlaş, yetkazib beriş va tayyor pazandaçilik mahsulotlari çakana savdosini amalga oşiriş xizmatlarini körsatiş.