
Joriy yilning 15-18 mart kunlari Toşkentda ilk bor “Franchising Week Uzbekistan” françayzing haftaligi bölib ötadi. Françayzing bozoridagi bu muhim tadbirda dunyoning 10 ta mamlakat françayzerlari xorijiy va mahalliy franşizalarni eng yaxşi biznes modellari bilan taqdim etişadi. Potensial mijozlar (françayzi) esa ular bilan yaqindan tanişib, şartnomalar tuzişlari mumkin.
Françayzing haftaligi Özbekiston Françayzing Assotsiatsiyasi va Savdo-Sanoat Palatasi, Islom Biznesi Xalqaro Assotsiatsiyasi hamda Özbekiston Iqtisodiyot Assambleyasi bilan hamkorlikda ötkaziladi.
Muhim tijoriy tadbirda iştirok etiş uçun röyxatdan ötiş lozim.
Françayzing haftaligi rejasi:
15 mart – Françayzi akademiyasi
Samarali françayzing xarid qilişni va biznesni rivojlantirişni istaganlar uçun. Tadbirkorlar bepul iştirok etişlari mumkin, buning uçun saytda röyxatdan ötişlari kerak böladi.

16 mart – “Franchising Expo Uzbekistan” Xalqaro Franşiza körgazmasi
Unda 100 dan ortiq françayzing tarmoqlari, 3000 dan ortiq iştirokçilar, dunyoning 10 mamlakatidan 30 dan ziyod spikerlar iştirok etişi kutilmoqda. Körgazma Toşkentdagi International mehmonxonasida soat 10:00 dan 18:00 ga qadar bölib ötadi.
Tadbirda qatnaşiş bepul va sayt orqali röyxatdan ötiş talab qilinadi.













