Ijtimoiy tarmoqlarda Toşkent şahrining Sergeli tumanida «Tez yordam» xodimlari kaltaklangani aks etgan video tarqaldi. Soğliqni saqlaş vazirligi matbuot xizmati ma’lum qilişiça, hodisa joriy yil 27 fevral kuni tongda Sergeli-4 dahasida röy bergan.
«Soat 03:25 larda Respublika tez tibbiy yordam markazi Toşkent şahar filiali CALL-markaziga Sergeli tumani 4-dahasidagi xonadonlarning biridan çaqiriq kelib tuşgan. Şundan söng murojaat tegişliligi böyiça tumandagi 8-bölimga uzatilgaç, TTYo brigadasi xodimlari — şifokor T.A. va feldşer X.O. belgilangan manzilga sanoqli daqiqalar içida yetib borgan.
Kaltaklanişi oqibatida jiddiy tan jarohati olgan 1979 yilda tuğilgan bemor ayol A.A.ga «103» brigadasi tomonidan darhol birinçi tibbiy yordam körsatilgan. Şuningdek, feldşer X.O. bemorning holatidan kelib çiqib, uni zudlik bilan Respublika şoşilinç tibbiy yordam ilmiy markazi toksikologiya bölimiga olib boriş kerakligini aytgan.
Şu payt bemorning tanişi, 1990 yilda tuğilgan fuqaro K.A. uni göyoki A.A.ga yaxşi qaramayotganlikda ayblab, feldşerga tahdid qilgan. Qolaversa, muştumzör fuqaro tibbiyot xodimini himoya qilgan tez tibbiy yordam haydovçisi, 1970 yilda tuğilgan T.S.ni urib, unga jiddiy tan jarohati yetkazgan», deyiladi vazirlik xabarida.
Oqibatda jabrlangan tez tibbiy yordam haydovçisi Respublika şoşilinç tibbiy yordam ilmiy markaziga olib borilgan. Tekşiruvlar natijasida u «Boş miya yopiq jarohati, boş miya çayqalişi, burun suyagining sinişi, burun yumşoq töqimalarining lat yeyişi» dastlabki taşxisi bilan neyroxirurgiya bölimiga yotqizilgan. Hozir bemor belgilangan standartlar asosida tibbiy muolajalarni olmoqda.

Ayni paytda mazkur holat yuzasidan 33 yoşli fuqaro K.A. ga nisbatan jinoyat işi qözğatilib, içki işlar organlari tomonidan tergov-suriştiruv işlari olib borilmoqda.

















