
27 fevral kuni Xorazm viloyat sektorlari, huquqni muhofaza qiliş idoralari va davlat taşkilotlari rahbarlari iştirokida yiğiliş ötkazildi. Unda Özbekiston Boş prokurori Niğmatilla Yöldoşev, Xorazm viloyati hokimi vazifasini bajaruvçi Jörabek Rahimov qatnaşdi.
Xorazm viloyati hokimligi matbuot xizmati xabar berişiça, yiğilişda Murodxon Musoxonoviç Ahmedov Xorazm viloyati prokurori lavozimiga tayinlangani ma’lum qilindi.

Özbekiston Respublikasi Boş prokurori Niğmatilla Yöldoşev sözga çiqib, viloyatda fuqarolarning qonuniy huquq va manfaatlarini himoya qiliş, jinoyatçilikka qarşi kuraş borasida amalga oşirilgan işlar xususida töxtaldi va galdagi vazifalar belgilab olindi.
Ma’lumot uçun, adliya katta maslahatçisi Murodxon Ahmedov bungaça Farğona viloyati prokurori örinbosari lavozimida işlab kelayotgandi.
Eslatib ötamiz, 2020 yil oktyabridan buyon Xorazm viloyati prokurori lavozimida işlagan Botir Qudratxöjayev 2022 yil noyabrida Özbekiston Harbiy prokurori lavozimiga ötgandi.
















