Ketma-ket ikkinchi mezbonlik
O‘zbekiston ketma-ket ikkinchi yil yoshlar o‘rtasidagi Osiyo kubogi mezboniga aylanmoqda. 2022 yilda Toshkent va Qarshi shahri 23 yoshli futbolchilar o‘rtasidagi Osiyo kubogini (U23) qabul qilgan bo‘lsa, bu safar O‘FA taklifi bilan Toshkent va Farg‘ona shahri qit’a birinchiligiga mezbonlik qiladi.

JCh-2023ga qaysi jamoalar yo‘l oladi?
1-18 mart kunlari Osiyo kubogi U23 doirasida qit’aning 16ta mamlakat yoshlar jamoasi g‘oliblik uchun kurash olib boradi. 4 guruhda 1-2-o‘rin egalari 1/4 finalga yo‘llanma oladi. Chorakfinalda g‘olib bo‘lib, yarimfinalga chiqqan 4 jamoa avtomatik tarzda 2023 yilning may-iyun oylarida Indoneziyada o‘tadigan yoshlar o‘rtasidagi jahon chempionati yo‘llanmasini qo‘lga kiritadi. Qayd etish joiz, Indoneziya U20 jamoasi mezbon sifatida allaqachon turnir ishtirokchisiga aylangan.
O‘zbekiston yoshlar jamoasi tarkibiga kimlar chaqirilgan?
2018 yil Xitoyda O‘zbekiston yoshlar jamoasini Osiyo chempioniga aylantirgan Ravshan Haydarov bu safar 20 yoshgacha bo‘lgan o‘yinchilardan iborat jamoa bilan zafar quchishga urinadi. Uning qo‘l ostida yoshlar jamoasi BAA va Turkiyada o‘quv-mashg‘ulotlar o‘tkazib, turnirga puxta tayyorgarlik ko‘rishga erishdi. Murabbiylar shtabi musobaqada mamlakat sha’nini himoya qiladigan 23 nafar futbolchidan iborat yakuniy tarkibni e’lon qildi. Unda Abbosbek Fayzullayev, Umarali Rahmonaliyev, Po‘latxo‘ja Xoldorxonov singari Superligada nom qozonishga ulgurgan o‘yinchilarni ko‘rish mumkin.

Guruhlar: O‘zbekiston qaysi raqiblarga qarshi o‘ynaydi?
Qur’aga ko‘ra, O‘zbekiston yoshlar jamoasi JCh-2023 mezboni Indoneziya, Iroq va Suriya singari kuchli raqiblar bilan bir guruhdan o‘rin olgan. Qo‘shnilarimizdan Tojikiston C guruhida, Qirg‘iziston esa D guruhidan joy oldi.

«A» guruhi: O‘zbekiston, Indoneziya, Iroq, Suriya;




















