Içki işlar vazirligi Yöl harakati xavfsizligi xizmati Özbekistonda piyodalar uçun sariq jiletlardan foydalaniş tartibi joriy etilişi haqidagi xabarni rad etdi. Ma’lum qilinişiça, bu tavsiyaviy ahamiyatga ega norma hisoblanadi.
«Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 12 aprel kunidagi «Yöl harakati qoidalarini tasdiqlaş töğrisida»gi 172-son qaroriga muvofiq, fuqarolarning, ayniqsa, bolalarning yöl-transport hodisalari hamda oqibatlaridan himoyalanganligini ta’minlaş maqsadida sutkaning qoronği vaqtida va yetarliça körinmaydigan şaroitda yölni kesib ötişda va yöl yoqalaridan yoki qatnov qismining çetidan harakatlanişda, piyodalarning ustki kiyimida nur qaytaruvçi elementlar bölişi inson hayotini saqlab qoliş uçun muhim ekanligini keng tarğib qiliş böyiça manzilli çora-tadbirlarni amalga oşirilişi belgilangan bölib, ya’ni uşbu norma tavsiyaviy ahamiyatga ega.
Yöl harakati qoidalarining 167-bandiga köra, velosiped yölkasi bölmagan holda yölning qatnov qismida harakatlanayotgan velosipedçilar sutkaning qoronği vaqtida va yetarliça körinmaydigan şaroitda nur qaytargiçli kamzulda yoki nur qaytaruvçi elementli parçalari bölgan ustki kiyimda bölişi şartligi belgilangan.
Jamoatçilik va OAVdan turli taxmin va miş-mişlardan iborat axborotni tarqatmasliklarini söraymiz», deyiladi xabarda.
1 mart kuni ÖzA agentligi Özbekistonda endi yölaklarda harakatlanuvçi piyodalar uçun sariq jiletlardan foydalaniş tartibi joriy etilişi töğrisida xabar bergandi. IIV raddiyasidan keyin esa agentlik xabariga töldiriş kiritib, Adliya vazirligi izohini keltirgan.
«Yöl harakati qoidalariga köra, yölning qatnov qismida harakatlanayotgan velosipedçilar hamda yölni ta’mirlaşga mas’ul xodimlar qoronğida nur qaytargiçli kamzulda bölişi kerakligi belgilangan.
Mazkur talab boşqa şaxslarga, şu jumladan piyodalar uçun majburiy emas, tavsiyaviy xarakterga ega.
Şuningdek, qonunçilikda Içki işlar vazirligi tomonidan piyodalarning qoronğida harakatlanayotganda nur qaytaruvçi ustki kiyimda bölişini tarğib qiliş yöl transport hodisalarining oldini olişda muhim vazifalardan biri ekanligi qayd etilgan», deyiladi xabarda.














