Bu yöl-transport hodisalarining oldini oliş, yöllarda harakat xavfsizligini ta’minlaş maqsadida hamda huquqbuzarliklar oldini oliş, jinoyatçilikka qarşi kuraşiş va ularning yuzaga kelib çiqiş sabablarini aniqlaş, yöl harakati xavfsizligini ta’minlaşga qaratilgan dasturlar doirasida amalga oşiriladi.

Kunning qoronği qismida kelgusida maktab öquvçilari, veloyölakda harakatlanuvçi şaxslar va piyodalar uçun nur qaytargiçli jiletlardan foydalaniş joriy etiladi.

Özbekiston Respublikasi Içki işlar vazirligi jamoat xavfsizligi departamentining ta’kidlaşiça, maktab öquvçilari homiylik kömaklari asosida nur qaytargiçli jiletlar bilan ta’minlanadi.