Hangomaning boşlanişi

1 mart kuni Hukumatning rasmiy naşri hisoblanadigan Özbekiston Milliy axborot agentligi (ÖzA) Özbekistonda bundan buyon yölaklarda harakatlanuvçi piyodalar uçun sariq jiletlardan foydalaniş tartibi joriy etilişi haqida xabar berdi.

ÖzA tomonidan tarqatilgan xabarning ilk körinişi

ÖzA bu xabarida IIV Jamoat xavfsizligi departamenti axborot xizmati rahbari Muzifa Sultonovaga tayangan.

Xabarda yöl harakati xavfsizligini ta’minlaşga qaratilgan dasturlar doirasida kunning qoronği qismida maktab öquvçilari, veloyölakda harakatlanuvçi şaxslar va piyodalar uçun nur qaytargiçli jiletlardan foydalaniş tartibi joriy etilayotgani ta’kidlanadi.

IIV mulozimi maktab öquvçilari homiylik kömaklari asosida nur qaytargiçli jiletlar bilan ta’minlanişini ma’lum qilgan.

 “Xalq tajriba quyonimi?”

Uşbu xabar jamoatçilik orasida rezonansga sabab böldi.

“Piyoda yuriş ham pulli böladiganga öxşaydi. Kelgusida keçqurun yöllarda piyoda yurmoqçi bölsak ustimizda nur qaytargiçli jiletlar bölişi kerak ekan. Bu yöl-transport hodisalarining oldini oliş, yöllarda harakat xavfsizligini ta’minlaş, huquqbuzarliklarning oldini oliş va hokazolar uçun zarur deyişmoqda.

Bu yangilikni öqib miyaga kelgan birinçi fikr şu böldi: demak kimdir nur qaytargiçli jiletlar işlab çiqarmoqçi va uni ötkaziş kerak. Bunday öylayotganim uçun uzr. Afsuski bizda köp taşabbuslar aylanib-örgilib monopoliyaga borib taqalaveradi, u yoğiga salohiyat yetmaydi.

Işqilib bu taşabbus amalga oşib qolmasin deymiz. Aks holda sariq jiletsiz yurganlik uçun ham katta ehtimol bilan jarima tölaş yölga qöyiladi. Bu esa alaloqibat köçada piyoda yuriş ham pulli böladi, degani”, deb yozadi sobiq deputat Rasul Kuşerboyev.

“Piyodalar yölaklariga mas’ul odamlar biriktirib, orqamizdan tepişni joriy etiş kerak. Biz çidaymiz. Biz hammasini kötaramiz”,