Amerika Qöşma Ştatlari Rossiyaning hamkor mamlakatlariga sanksiyalar tufayli körgan yöqotişlarini qoplab beradi. Bu haqda Qozoğiston poytaxti Ostona şahrida Markaziy Osiyo davlatlari taşqi işlar rahbarlari bilan «C5+1» formatida keçgan vazirlar uçraşuvidan keyin AQŞ davlat kotibi Entoni Blinken ma’lum qildi.

U mintaqadagi barça davlatlar u yoki bu tarzda Rossiya bilan savdo aloqalariga boğliq bölganligi sababli, Rossiya Federatsiyasiga kiritilgan sanksiyalar ularning iqtisodiyotiga ham zarba bergani qayd etilgan.

«Biz sanksiyalarga rioya etilişini diqqat bilan kuzatib boramiz va bir qator davlatlar, jumladan, C5 böyiça hamkorlarimizga nisbatan bölayotgan iqtisodiy salbiy ta’sirlarini muhokama qilamiz», dedi Blinken matbuot anjumanida.

Vaşington kompaniyalarga sanksiyaga uçragan Rossiya firmalari bilan munosabatlarni töxtatişga vaqt beriş uçun litsenziyalar beryapti.

«Biz tuşunamizki, bu köp vaqt talab qiladigan jarayon, uni darhol amalga oşirib bölmaydi. Biz mintaqani mustahkamlaş va Markaziy Osiyoda yaşovçi xalqlar hayotini yaxşilaş uçun qölimizdan kelgan barça işni qilamiz. Jumladan, yangi savdo yöllari yordamida va korxonalarga yangi eksport bozorlarini topişda yordam beriş orqali», dedi Blinken.