Özbekiston Respublikasi prezidenti Şavkat Mirziyoyev 1 mart kuni Amerika Qöşma Ştatlari Davlat kotibi Entoni Blinken boşçiligidagi delegatsiyani qabul qildi.

Siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, ta’lim va madaniy-gumanitar sohalardagi ikki tomonlama munosabatlar kun tartibidagi dolzarb masalalarning keng doirasi hamda mintaqaviy hamkorlikning muhim jihatlari körib çiqildi.

Suhbat avvalida Davlat kotibi Entoni Blinken davlat rahbariga Qöşma Ştatlar prezidenti Jo Baydenning salomi va eng ezgu tilaklarini yetkazdi.

AQŞ Özbekistonning mustaqilligi, suvereniteti va hududiy yaxlitligini doimo qöllab-quvvatlaşda qat’iy ekani yana bir bor qayd etildi. Mamlakatimizda amalga oşirilayotgan va ortga qaytmas tus olgan demokratik yangilanişlar, ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarga yuksak baho berildi, ular töliq qöllab-quvvatlandi.

Ayniqsa, inson huquqlari va gender tenglikni ta’minlaşda, majburiy mehnatga qarşi kuraşişda, söz erkinligi va ommaviy axborot vositalarini qöllab-quvvatlaş borasidagi islohotlarda, fuqarolik jamiyati institutlarini rivojlantirişda va köplab boşqa yönalişlarda erişilgan katta muvaffaqiyatlar alohida qayd etildi.

Uçraşuvda Özbekiston va AQŞ örtasidagi köp qirrali munosabatlarda yuksak darajaga erişilgani katta mamnuniyat bilan ta’kidlandi.

 

Keng kölamli hamkorlikni yanada rivojlantiriş, şu jumladan Strategik hamkorlik böyiça samarali muloqotni ilgari suriş va turli darajalarda sermahsul almaşinuvlarni davom ettiriş muhimligi tasdiqlandi.

Savdo-iqtisodiy, investitsion va innovatsion hamkorlikni rivojlantiriş, Amerika yetakçi kompaniyalarining Özbekiston bozoridagi faoliyatini kengaytiriş, kooperatsiya loyihalarini, eng avvalo, yuqori texnologik tarmoqlarda amalga oşirişga alohida e’tibor qaratildi.

Madaniy-gumanitar aloqalarni, şu jumladan mamlakatimizda yoşlarga ingliz tilini öqitiş va malakali öqituvçilarni tayyorlaş dasturlarini faollaştiriş uçun keng imkoniyatlar mavjudligi ta’kidlandi.

Mintaqaviy hamkorlikning eng muhim masalalari yuzasidan fikr almaşildi. Kuni keça «AQŞ va Markaziy Osiyo mamlakatlari» («S5+1») formatida ötgan vazirlar uçraşuvining amaliy natijalari ijobiy baholandi.