Makset, asosçi, 26 yoşda: “Yoşligimdan hakerlikka qiziqardim, özbekistonlik Mark Tsukerberg bölişni orzu qilardim. Malayziyaning Kuala Lumpur şahrida kiberxavfsizlik sohasida tahsil oldim. U yerda dasturçilik yönalişida bir muddat işlaganimdan keyin Özbekistonga qaytib faoliyat boşladim. Buning uçun menga jamoa kerak edi. Şuning uçun sohadagi öz işining ustasi bölgan, yoş bölgan yigitlarni bir jamoaga töpladim. Ayni paytda jamoamizda 18 yoşdan 27 yoşgaça bölgan, turli viloyatlardan kelgan dasturçi yigitlar bor.

Mana brendi ostida bir neçta ilovalar işlab çiqdik. Mana Taxi, Mana Maktab loyihalarimiz ayni paytda işga tuşgan. Yana bir neçta loyihalar ustida işlayapmiz”.

Akbar, dasturçi, 24 yoşda:

“4 yildan beri dasturçilik sohasida faoliyat yuritaman. Şu vaqt içida 35 dan ortiq loyihalarni muvaffaqiyatli amalga oşirganman. Jamoamiz bilan bir oila bölib, Özbekistonda IT sohasini rivojlantirişga öz hissamizni qöşmoqçimiz”.

Sulton, biznes-analitik, 29 yoşda:

“Mana Taxi loyihasini yaratişda ham yölovçilarga, ham haydovçilarga qulay bölişi haqida öyladik. Masalan, haydovçi bu ilovadan foydalanişda qayergadir borib röyxatdan ötişi şart emas. Qölidagi telefon orqali onlayn röyxatdan ötadi va öziga tegişli barça ma’lumotlarni, avtomobil markasini, suratlarini kiritadi. Şundan söng moderatorlar tomonidan ma’lumotlar tekşirilib, tasdiqlanadi. Şundan keyin haydovçi öz iş faoliyatini boşlaşi mumkin”.

Metrodagi taniş ovoz, faqat ayol haydovçilar çaqiriş imkoniyati

“Özbekistonda taksi faoliyatini yölga qöygan ilovalardan farqli ölaroq biz viloyatlararo xizmatni yölga qöyganmiz. Respublikaning istalgan hududiga boriş yoki yetkazib beriş uçun ilovada buyurtma qabul qilinadi.

Yana bir özgaça yondaşuvimiz ilovadagi özbekça ovozning örnatilişi. Toşkent metropolitenida Muslima Murodovaning ovozi hammaga taniş va qadrdon. Şu opa bizga yordam berdi, ya’ni bu ovoz endi Mana Taxi ilovasida yangraydi.

Ayni paytda ilovani butun Özbekiston böylab işlatişni yölga qöymoqçimiz. Bu jarayonni bosqiçma-bosqiç amalga oşiramiz”.