Pandemiyaga Xitoyning Uhan şahridagi laboratoriyadan koronavirusning sizib çiqişi sabab bölgani ehtimoli yuqori. Bu haqda AQŞ Federal qidiruv byurosi (FQB) direktori Kristofer Rey Fox News telekanaliga bergan intervyusida ma’lum qildi.
«FQB pandemiyaning sababi katta ehtimol bilan Uhandagi laboratoriyada yuz bergan hodisa deb uzoq vaqtdan beri hisoblab keladi», dedi Rey. Uning aniqlik kiritişiça, gap «Xitoy hukumati nazorati ostidagi laboratoriyadan virusning sizib çiqişi» haqida ketyapti.
FQB direktorining ta’kidlaşiça, Xitoy hukumati AQŞ va uning şeriklariga pandemiya sababini aniqlaşiga yöl qöymaslik uçun «qölidan kelgan barça işni qilmoqda». «Va bu barça uçun qayğuli», deb qöşimça qildi Rey.
The Wall Street Journal (WSJ) ma’lumotlariga köra, Reyning sözlari FQB pandemiya sabablarining qaysi versiyasiga işonişini birinçi ommaviy tasdiğidir. Ötgan haftada naşr FQB 2021 yilda pandemiya Uhan laboratoriyasidagi siziş oqibatida kelib çiqqan bölişi mumkinligiga «örtaça işonç» bilan xulosa qilganini yozgan edi. Biroq bu xulosa rasman oşkor etilmagan.
2021 yil mart oyida Jahon soğliqni saqlaş taşkiloti (JSST) koronavirusning kelib çiqişi haqidagi hisobotini e’lon qildi. Unda virus odamga hayvonlar zanjiri orqali yuqqani haqidagi talqin eng ehtimoliy deb topildi. Uhan şahridagi dastlabki epidemiyaga laboratoriyadan virus sizib çiqişi sabab bölişi mumkinligi haqidagi versiyani JSST ekspertlari «ehtimoli juda past» deb baholagan edi.
Xitoy, 2021 yilning örtalarida, tekşiruvning ikkinçi bosqiçida JSST bilan hamkorlik qilmasligini aytdi, çunki taşkilot virusning laboratoriyadan sizib çiqişi haqidagi talqinni rad etmagan edi.
Koronavirus pandemiyasi Qöşma Ştatlarda 1 milliondan ortiq aholining ölimiga sabab böldi. AQŞ siyosatçilari orasida virusning kelib çiqiş sabablarini aniqlaş lozimligi haqidagi çaqiriqlar sönggi paytlarda balandroq yangramoqda.













