27 fevral kuni keçqurun Belgorodga uçta, Bryansk oblastining Suraj rayoniga bitta dron qulab tuşgan yoki urib tuşirilgan. Tunda dron zarbasi natijasida Tuapsedagi neft bazasida portlaş sodir bölgan. Adigeyda ham bitta dron yerga qulagan.

28 fevral kuni ertalab esa Moskva oblastining Kolomna rayonidagi gaz kompressor stansiyasi yaqiniga yana bir dron qulagani haqida ma’lumot paydo böldi.

«Leningrad oblastining havo hududi noma’lum uçuvçi jism tufayli bir muddat yopib qöyildi», deb yozadi «Fontanka» naşri öz manbalariga tayanib.

Turli manbalarning xabar berişiça, harbiylar «Havo harakatini boşqarişning yagona tizimi»ga Rossiya havo davlat çegarasini kesib ötişga urinişni bildiruvçi «Kover» (Gilam) signalini uzatgan. Bunday signal uzatilgandan söng, odatda barça fuqarolik samolyotlariga hududni darhol tark etiş yoki qöniş buyuriladi.

Keyinroq Rossiya mudofaa vazirligi «fuqarolik havo harakatini boşqariş organlari bilan özaro hamkorlik böyiça» trening ötkazayotganini, qiruvçi samolyotlar havoga kötarilganini ma’lum qildi.

Havoda qandaydir obekt bölgani yoki yöqligi haqida heç ma’lumot yöq.

Kiyev bu voqealarga heç qanday izoh bermadi. Biroq Ukrainada bir yildan ortiqroq vaqtdan beri keng kölamli uruş davom etayotgani, bu davrda Rossiyaga qarşi dronlardan allaqaçon foydalanilganini inobatga olgan holda, bu zarbalar ortida Ukraina qurolli kuçlari turibdi deyiş uçun barça asoslar bor.

Bundan taşqari, dekabr oyi boşida Saratov va Ryazan oblastlaridagi bir neça aerodromga dronlar tomonidan zarbalar berilgandi. Rossiya mudofaa vazirligi bu hujumlarda Ukrainani aybladi. Ular ukrainaliklar eski sovet razvedka dronini zarba beruvçi dronga aylantirgani va zarba berişda aynan şu drondan foydalanganini ma’lum qildi.

Ukraina zaxiralarida bunday uzoq nişonlarga qadar uçib bora oluvçi yagona dron mavjud — bu Tu-141 dronidir.

Hozirça qurbonlar haqida heç qanday xabar berilmayapti. Tuapsedagi portlaş natijasida bir neça bino vayron bölgan. Bundan taşqari, Belgoroddagi köp qavatli uylar ham şikastlangan. Barça dronlarda portlovçi moddalar bölgan jangovar kallak bölgani va bu portlovçi qurilmalar işga tuşgani yoki yöqligi ham noma’lum.

Belgorod oblasti tez-tez zarbalarga duçor böladi. Suratda – 2022 yil 4 noyabrida Şebekino bozori öqqa tutilişi oqibatlari.