Toşkent şahar Içki işlar boş boşqarmasida yiğiliş ötkazildi. Unda huquqni muhofaza qiliş idoralari xodimlari, poytaxt va tumanlar xalq ta’limi bölimlari vakillari bolalar öğirlanişi haqidagi «feyk yangiliklar»ni muhokama qilgan, deb xabar bermoqda Gazeta.uz IIBBga tayangan holda.

IIBBning ma’lumotlariga köra, yil boşidan buyon bolalarni öğirlaşga uriniş töğrisida oltita xabar qayd etilgan, ammo ulardan heç biri tasdiqlanmagan. 

«Toşkent şahar IIBB boşliğining sözlariga köra, poytaxtda sönggi beş yil bola öğirlanişi holati böyiça bitta ham jinoiy iş qözğatilmagan», deyiladi xabarda. 

IIBB ma’lum qilişiça, «ota-onalarning asossiz xavotirining oldini oliş va bolalarning xavfsizligini ta’minlaş uçun» Toşkentning barça maktablariga içki işlar organlari xodimlari biriktirilgan. Maktablar atrofidagi qöşni hududda yomon yoritilgan va odam kam yuradigan köçalar aniqlandi, ularda doimiy patrullik taşkil etildi.

Huquq-tartibot idoralari xodimlari soat 7:00 dan boşlab va kun davomida ta’lim muassasalari yonida vaziyatni kuzatib boriş uçun maktab hududida böladi. Post-patrul xizmati xodimlari kun davomida maktablar atrofidagi köçalarda patrullik qilyapti.

Maktablarda işlayotgan psixolog inspektorlar har bir sinfdagi bolalarning ota-onalari bilan aloqa qiliş uçun maktablar Telegram-guruhlariga qöşilgan. «Şu sababli, ota-onalar har qanday şubhali xabarlar böyiça psixolog inspektorlarning özidan ma’lumot olişlari mumkin», deyiladi ma’lumotda.