Yevropa tiklaniş va taraqqiyot banki (YeTTB) Özbekistonning Farğona vodiysida yerlarni suğoriş işlarining samaradorligini oşirişga yordam beradi. YeTTB mablağlari, asosan, Özbekistonning uçta viloyatida zarur muhandislik işlarini moliyalaştirişga yönaltiriladi. 

Özbekistonga berilayotgan 199,96 million AQŞ dollarigaça bölgan suveren krediti Farğona vodiysida sobiq SSSR davrida qurilgan 118 ta eskirgan nasos stansiyalarini modernizatsiya qilişga yordam beradi. U zamonaviy, energiya jihatdan samarador nasos agregatlarini sotib oliş va örnatiş, şuningdek, tegişli infratuzilmani qayta quriş uçun sarflanadi. 

Mazkur loyiha suğoriladigan dehqonçilikka boğliq bölgan va yil davomida yoğingarçilik miqdori kam bölgan bu hudud uçun öta muhim suğorişga möljallangan suvni mintaqaviy taşiş tizimining samaradorligini oşiradi. 

Eski suv nasoslarini zamonaviy uskunalar bilan almaştiriş suv sarfini yaxşiroq nazorat qiliş va yöqotişlarni kamaytiriş imkonini beradi. Bu modernizatsiya atrof-muhitga bevosita ijobiy ta’sir körsatişi, yillik elektr energiyasi iste’molini 277 ming MVt/soatga qisqartirişi va yillik SO2 çiqindilarini 129 ming tonnaga kamaytirişi kutilmoqda. 

YeTTB Markaziy Osiyo böyiça boşqaruvçi direktori Jujanna Xargitai şunday deydi: «YeTTBda biz odamlarning turmuşini yaxşi tomonga özgartirişga kömaklaşamiz. Bunday yaşil loyihalarni qöllab-quvvatlaş orqali biz uşbu hudud uçun muhim bölgan suvdan foydalaniş samaradorligini oşiribgina qolmay, suğoriladigan yer maydonini qariyb 32 ming gektarga köpaytirişga yordam beramiz, bu esa, Özbekistonning aholisi eng ziç bölgan viloyatlarida taxminan 19 ming iş örni yaratişi mumkin». 

Mamlakatning Parij bitimi böyiça majburiyatlariga mos ravişda, Özbekiston «Suv xöjaligini 2020-2030 yillarda rivojlantiriş konsepsiyasi» kabi bir qator strategiyalarni qabul qiliş orqali suvdan barqaror foydalaniş böyiça strategik maqsadlarni işlab çiqdi. 

Bugungi kunga qadar, YeTTB Özbekiston iqtisodiyotiga 121 ta loyiha orqali 3,71 milliard yevro sarmoya kiritgan.