Moldova parlamentida moldova tilini rumin tiliga özgartiriş töğrisidagi qonun loyihasi muhokamasi çoğida janjal bölib ötdi. Kommunistlar va sotsialistlarning muxolifat bloki (KSB) deputatlari taşabbusga qarşi çiqdi.
KSB a’zolari «Konstitutsiyani masxara qilmang», «Moldova, Moldovaliklar, Moldova tili» deb yozilgan plakatlar bilan minbarga çiqdi. Muxolifat ham «Şarmandalik!» deb hayqirdi. Hukmron «Harakat va birdamlik» partiyasi (PAS) ularni töxtatişga urindi, şundan söng deputatlar örtasida töpolon boşlandi.
Biroz vaqt ötgaç, parlament spikeri Igor Grosu qonun loyihasi birinçi öqişda ma’qullanganini e’lon qildi. Uni 101 deputatdan 56 nafari qöllab-quvvatladi.
Qonun loyihasiga köra, «moldova tili» sözlari «rumin tili» sözlari bilan almaştiriladi. Moldova haqida gap ketganda, «davlat tili», «rasmiy til», «ona tili» sözlari «rumin» sözlari bilan almaştiriladi. Qonun loyihasi parlamentda 63 öringa ega bölgan PAS partiyasi tomonidan taklif qilingan edi.
2013 yilda Konstitutsiyaviy sud rumin tilini mamlakatda davlat tili deb belgilagan. Lekin Moldova Konstitutsiyasiga köra, mamlakatda davlat tili lotin alifbosiga asoslangan moldova tilidir, bu rumin tiliga aynan öxşaş.
Moldova maktablari va universitetlarida rumin tili öqitiladi, kirill alifbosiga asoslangan Moldova tili esa faqat tan olinmagan Dnestrböyida öqitiladi.











