3 mart kuni ertalab Namangan viloyati, Uçqörğon tumanida, «Spark» rusumli avtomobil kanalga tuşib ketgan.

FVV xabariga köra, haydovçi Uçqörğon-Qöğay yönalişida harakatlanib ketayotgan vaqtida ehtiyotsizlik oqibatida boşqaruvni yöqotib, «Katta Magol» mahallasi hududidan oqib ötuvçi kanalga tuşib ketgan.

Şundan söng, tuman FV bölimi qutqaruvçilari manzilga yetib borib, maxsus texnika va asbob-anjomlar yordamida avtomobilni kanaldan çiqarib olgan.
Hodisa oqibatida jismoniy jabrlanganlar yöq.












