Qöşma Ştatlardagi turli departamentlar vakillari COVID-19 koronavirusining kelib çiqişi haqida turli taxminlarni bildirmoqda, biroq tomonlarning heç biri haligaça hal qiluvçi dalillarga ega emas. Bu haqda AQŞ Davlat kotibi Entoni Blinken yo

«Keng miqyosdagi tadqiqotlardan söng, ba’zi idoralarimiz koronavirus Uhandagi laboratoriyadan sizib çiqişi natijasida paydo bölgan deb hisoblamoqda. Boşqalar esa, Uhandagi bozorda paydo bölgani ehtimoli kattaroq deb hisoblayapti. Idoralarning heç biri qaysi talqin aniq ekanini ayta olmaydi», dedi u.

«Biz aniq bilmaymiz, lekin buning laboratoriyada sodir bölgani ehtimoli katta va bu juda real talqin... lekin yakuniy emas», dedi Blinken.

Avvalroq The Wall Street Journal naşri AQŞ Energetika vazirligi mutaxassislari COVID-19 koronavirusi Xitoydagi laboratoriyadan sizib çiqişi tufayli tarqalgan bölişi mumkin degan xulosaga kelgani haqida yozgan edi. Vazirlik yangi razvedka ma’lumotlarini örganib çiqib, şunday xulosaga keldi. FQB ham 2021 yilda öz manbalaridan foydalangan holda xuddi şunday xulosaga kelgan.

Biroq, naşr yozganidek, AQŞ rasmiylarida bu masala böyiça haligaça yakdillik yöq. Törtta davlat idorasi, şuningdek, maxsus tuzilgan razvedka mutaxassislari guruhi hali ham virusning tabiiy kelib çiqişi nazariyasiga moyil. AQŞning yana ikkita departamenti hali aniq bir xulosaga kelmagan.