Özbekiston Prezidenti Şavkat Mirziyoyev 2023 yil 2 mart kuni Qöşilmaslik harakati Muloqot guruhi sammitida sözlagan nutqida pandemiyaning salbiy ta’siri birinçi navbatda yoş avlodga ta’sir körsatayotganiga e’tibor qaratdi.
Davlat rahbari yoşlarning sifatli ta’lim, kasb-hunar egallaşi, tibbiy xizmatdan foydalanişi va sport bilan şuğullanişi uçun imkoniyat keskin kamayib borayotganiga ham töxtaldi.
“Ayniqsa, yoş avlodning hayotda munosib örin egallaşiga işonçi yöqolib borayotgani taşvişlantirmoqda. Buzğunçi va radikal mafkuraning minglab yoşlar ongiga ta’siri ham kuçaymoqda”, dedi Şavkat Mirziyoyev.
Qöşilmaslik Harakati Yoşlar tarmoğiga a’zo davlatlar örtasida özaro tajriba almaşiş va hamkorlikni yölga qöyiş maqsadida Özbekiston rahbari kelgusi yil Samarqand şahrida “Çeksiz imkoniyatlar sammiti”ni ötkaziş taşabbusi bilan çiqdi.
Aytiş joiz, dunyo aholisining 2 milliarddan ziyod qismini yoşlar taşkil etadi. BMT ma’lumotiga köra, pandemiyaning, ayniqsa, yoşlarga ta’siri oğir keçdi. Bu nafaqat mavjud tengsizlikni kuçaytiradi, balki butun bir avlodning işlab çiqariş salohiyati pasayişi tahdidini yuzaga keltiradi.
Yoşlar örtasida işsizlik köpayişi ham koronavirus pandemiyasining salbiy oqibatidir. Xalqaro mehnat taşkiloti ma’lumotiga köra, dunyo böylab 295 million iş örni yöqoliş arafasida. Bu salbiy holat 70 milliondan ziyod 24 yoşgaça bölgan yoşlarning keyingi taqdiriga bevosita boğliq. Şu bilan birga mehnat qilayotgan yoşlarning, qariyb, 40 foizi öta qaşşoq yaşaydi.
Bugungi kunda dunyoda geosiyosiy vaziyat keskinlaşgani, davlatlar örtasidagi muloqot izdan çiqqani, buzğunçi ğoyalar tarqalişi kuçayib, terrorizm, ekstremizm va separatizm keng tarqalişiga olib kelayotgani ham şu taşabbusga bölgan talab bilan boğliq. Bunday şaroitda aynan yoşlar radikal ğoyalar ta’siriga köproq moyildir.
Şu bilan birga milliy an’ana va qadriyatlar ruhida tarbiyalangan, çuqur bilim va keng dunyoqaraşga ega bölgan avlod har qanday davlat muvaffaqiyatli rivojlanişining harakatlantiruvçi kuçi ekani ham haqiqat.
Özbekiston aholisining 60 foizdan ortiğini yoşlar taşkil etadi. Sönggi yillarda yoşlarga oid siyosat samaradorligini oşirişga qaratilgan 77 ta qonun va boşqa me’yoriy-huquqiy hujjat qabul qilindi. Bular orasida 2016 yil 14 sentabrdagi “Yoşlarga oid davlat siyosati töğrisida”gi qonun, 2020 yil 30 iyun kuni kuçga kirgan “Özbekiston Respublikasida yoşlarga oid davlat siyosatini tubdan isloh qiliş va yangi bosqiçga kötariş çora-tadbirlari töğrisida”gi prezident farmoni alohida ahamiyat kasb etadi.

















