Investitsiyalar vazirligiga «O‘zcharmsanoat» va «O‘zbekipaksanoati»ning ayrim vakolatlari o‘tkaziladi
Vazirlar Mahkamasining «O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi qarori loyihasi e’lon qilindi.
O‘zbekiston Hukumatining ayrim qarorlariga quyidagilarni nazarda tutuvchi o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritiladi:
- Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi tomonidan eksport qilinadigan xomashyo mahsulotlarining hajmlari O‘zbekiston prezidenti va Hukumat qarorlari bilan belgilangan hajmlarga muvofiqligini monitoring qilish;
- Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligiga «O‘zcharmsanoat» uyushmasining O‘zbekiston bojxona chegarasi orqali charm va momiq mo‘yna xomashyosini olib chiqishni monitoring qilish vakolatini o‘tkazish;
- Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligiga «O‘zbekipaksanoati» uyushmasining O‘zbekiston bojxona chegarasi orqali charm va momiq mo‘yna xomashyosini olib chiqishni monitoring qilish vakolatini o‘tkazish.
Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi:
- Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qo‘mitasi, manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtiradi;
- «O‘zcharmsanoat» va «O‘zbekipaksanoat» uyushmalari bilan birgalikda xom ipak, teri va qorako‘l teri mahsulotlari eksporti hajmlarini O‘zbekiston prezidenti va Hukumati qarorlari bilan belgilangan hajmlarga muvofiqligi yuzasidan ruxsatnoma berishda shaffof elektron tizimini joriy etadi hamda 2023 yil 1 apreldan boshlab to‘liq elektron shaklda amalga oshirilishini ta’minlaydi.
Tavsiya etamiz
AQSh va Xitoy o‘rtasidagi bojxona urushi: kim yutadi?
Jahon | 12:46 / 17.04.2025
Yaponiyadan Italiyagacha – pulli yo‘llar haqidagi taassurotlar
Jahon | 21:50 / 16.04.2025
Turkiyaga aldov yo‘li bilan chaqirilgan voyaga yetmagan o‘zbekistonlik qiz vatanga qaytarildi
Jamiyat | 17:05 / 16.04.2025
Go‘sht narxi oshishi: qo‘shni mamlakatlarda vaziyat qanday?
Iqtisodiyot | 20:36 / 15.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Urganch aeroportini modernizatsiya qilish va boshqarish bo‘yicha o‘tkazilgan tender g‘olibi aniqlandi
O‘zbekiston | 13:26
-
NYT: AQSh Suriyadan 600 nafar harbiy xizmatchisini olib chiqib ketyapti
Jahon | 13:25
-
Tadbirkorlar tomonidan moliyaviy xizmatlardan foydalanish imkoniyati kengaytiriladi
Iqtisodiyot | 12:35
-
Tanzila Norboyeva MDH Parlamentlararo assambleyasi kengashi majlisida qatnashdi
O‘zbekiston | 12:33
Mavzuga oid

22:16 / 25.11.2024
«O‘zcharmsanoat» uyushmasiga yangi rais tayinlandi

11:23 / 09.07.2024
Ohangaronda 23 ta yangi charm sanoat korxonasi barpo etiladi

21:58 / 18.03.2024
Uchta uyushma raislari o‘zgardi

17:36 / 23.10.2023