Toşkent tibbiyot akademiyasiga Rossiyaning Bloxin nomidagi onkologiya milliy tibbiyot ilmiy tadqiqot markazi delegatsiyasi taşrif buyurdi.

Joriy yilning 4-7 mart kunlari delegatsiya a’zolari tomonidan akademiya talabalariga darslar, davra suhbatlari, amaliy maşğulotlar ötkaziladi.

“Biz xalqaro darajadagi onkolog şifokorlar bilan hamkorlik doirasida Toşkent tibbiyot akademiyasiga keldik. Umumiy tibbiyot maktabidan kelib çiqqan holda umumiy til qadriyatlariga ega, umumiy madaniy qadriyatlarga ega xalqlar sifatida uşbu akademiya bilan köp yillar davomida hamkorligimiz davom etib keladi.

Delegatsiya tarkibida Bloxin nomidagi onkologiya milliy tibbiyot ilmiy tadqiqot markazi rahbari va yetakçi mutaxassislari bor. Ayni paytda törtta auditoriyada talabalarga dars ötyapmiz.

Saratonning barça turlari, jumladan, kökrak bezi saratoni xastaligining kelib çiqiş sabablari va davolaş usullari yuzasidan çuqurroq yondaşuv olib bormoqçimiz.

Bu onkologlarimizning Toşkent tibbiyot akademiyasiga birinçi taşrifi emas va bundan keyin ham köp taşriflar va tajriba almaşişlar böladi”, – dedi Bloxin nomidagi onkologiya milliy tibbiyot ilmiy tadqiqot markazi mutaxassisi Aleksandr Petrovskiy.

Mehmonlar TTA qoşidagi klinika va markazlarda talabalarga master-klasslar ötişadi. Bu haqda akademiyaning Urologiya kafedrasi professori Şuhrat Ğiyosov şunday dedi:

“Moskvalik 8 nafar tajribali onkologlar akademiyadagi magistr va bakalavrlarimizga dars ötişmoqda. Bu darslarda onkologiyaning eng katta muammolari, bemorlarni davolaşning zamonaviy usullari muhokama qilinadi. Bloxin nomidagi onkologiya milliy tibbiyot ilmiy tadqiqot markazi direktor örinbosari professor Vsevolod Matveyev tomonidan bizning urologiya kafedramizda ham şunday anjuman ötkazilyapti.

Bu hamkorlikdan talabalar birinçi örinda rivojlangan davlatlar tajribasini örganişadi. Ular olayotgan bilimlarini yanada mustahkamlaşlariga yordam beradi. Onkologiya kasalliklarning turli bosqiçlarida ularni aniqlaş va davolaş uslublarini öz közlari bilan körib amalga oşirişadi”.

Yetakçi ekspertlarning bunday taşriflari TTAda muntazam yölga qöyilgan. Sönggi ikki yil içida 300 dan ortiq xorijlik professor-öqituvçilar va xalqaro ekspertlar akademiyada amaliyotlarda bevosita iştirok etişmoqda.